Simon Bolivar

Simon Bolivar

Simon Bolivar

Simon Bolivar 1783-yilda obroʻli kreol oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi Venesuelaning eng boy oilalaridan biri boʻlgan. 1799-yilda yosh Bolivarni Yevropaga sayohatga yuborishadi. U Yevropa boʻylab sayohatdan soʻng 1805-yilda AQSHga sayohat qiladi va bu uning hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi. Shundan soʻng unda Lotin Amerikasini ispanlardan ozod qilish gʻoyasi tugʻiladi. Bolivarning orzusi Janubiy Qoʻshma Shtatlar davlatini tuzish edi va uning tarkibiga Kolumbiya, Peru, Boliviya, La-Plata, Chili kirishi lozim edi. AQSHdan qaytgan Bolivar ispanlarga qarshi ozodlik kurashiga kirishib ketadi. 1811-yilda ular Venesuela mustaqilligini eʼlon qilishadi, lekin 1812-yilda ispanlar Karakasni qayta egallashadi. Bolivar esa Yangi Granada (Kolumbiya) ga qochishga majbur boʻladi. 1813-yil u yana Venesuelani egallaydi va uni II Venesuela Respublikasi prezidenti deb eʼlon qilishadi, lekin 1 yildan keyin ispanlar yana uni haydab chiqaradi va Bolivar Yamaykaga qochishga majbur boʻladi. 1815-yilgi ochiq xatida u tezda ispanlardan ozod boʻlishiga ishonch bildiradi. 1816-yil u yana Venesuelaga qaytadi va qulchilikni bekor qiladi. Bir qator janglardan keyin, 1821-yilda. Venesuela toʻliq mustaqillikni qoʻlga kiritadi. 1819-yilda Bolivar Buyuk Kolumbiya davlatiga asos soladi va uning tarkibiga Venesuela va Yangi Granada kirgan. 1822-yilda ular Ekvadorni ham ispanlardan ozod qilishadi va oʻz davlati tarkibiga qoʻshishadi. 1824-yilda Peruni ozod qilishadi, 1825-yilda esa Yuqori Peruni (hozir bu davlat Bolivar sharafiga Boliviya deb nomlanadi) ozod qilishadi. Bolivar ozod qilingan davlatlarni birlashtirib, yangi, buyuk davlat qurish orzusida edi va bu ishni biroz muddat uddalay oldi ham, lekin 1830-yilga kelib, Buyuk Kolumbiya davlati tarqab ketadi va shundan soʻng Bolivar ham prezidentlikdan isteʼfoga chiqadi va tez orada sil kasalidan halok boʻladi. Hozirgi kunda koʻpchilik Bolivarning yoʻli toʻgʻri boʻlganini tan olmoqda. Birlashgan Lotin Amerika davlatlari AQSHga oʻxshagan qudratli davlat boʻlishi mumkin edi.

Shuncha qilgan ishlaridan keyin tuzgan davlati parchalanib ketgan Bolivar oʻkinch bilan shunday degan edi: “Inqilobga xizmat qilish dengizni shudgor qilish bilan bir xil”.

(Visited 52 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz