Oddiy hind oilasidan Google’gacha | Google va Alphabet bosh direktori haqida
Google bosh direktori Sundar Pichai Hindistonning Chennay shahrida o‘sgan. Yoshligida unda kompyuter yoki Internet yo‘q edi — hatto oddiy telefon ham yo‘q bo‘lgan.
Eng katta kutubxonalari haqida bilasizmi?
U Hindistonda metallurgiya bo‘yicha muhandislik sohasida tahsil oldi. Shundan so‘ng, AQSHga ketadi va u yerda IT bo‘yicha o‘qiydi.
Pichai 2004 yilda Google’ga qo‘shilib, 2015 yil 2 oktyabrda Google’ning bosh direktori bo‘ldi va 2019 yil 3-dekabrda Sundar Pichai Google’ning egasi bo‘lmish Alphabet kompaniyasining bosh direktori bo‘ldi, shu bilan birga Google’dagi mavqeini saqlab qoldi.
Sir: Olmos toshlari nega qimmat?
Alphabet va Google bosh direktori Sundar Pichai 2019 yil oxirida $280,6 million bonus oldi. Undan tashqari, Pichaining maoshi yiliga $2 millionga teng.
Bugungi kunda kompaniya narxi uning qo‘l ostida $1,581 trln ga yetdi va 2021-yilni $257,49 mlrd savdodan $76,03 mlrd sof foyda bilan yopdi.
Foto manba