Tarixdagi eng omadli odam
“The Daily Telegraph” jurnaliga ko’ra, eng omadli inson xorvatiyalik Frane Selakdir.
1962-yilda u relsdan chiqib ketgan va daryoga qulagan poyezd ichida edi. 17 kishi halok bo’ldi, ammo Selak qirg’oqqa chiqishga muvaffaq bo’ladi.
1963-yilda u DC-8 samolyotidan parvoz paytida tasodifan eshik ochilganda qulab tushadi. Samolyot ham qulab tushadi, 19 yo’lovchi halok bo’lgan, ammo Frane shundayam omon qoladi.
1966-yilda u minib ketayotgan avtobus daryoga qulab tushadi, ammo u qirg‘oqqa suzib chiqishni uddalaydi.
1970-yilda u benzin baki portlashidan bir lahza oldin alanga olgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo’ladi.
1973 yilda u benzinni to’g’ridan-to’g’ri issiq avtomobil dvigateliga purkagan yonilg’i nasosining nosozligi tufayli boshidagi deyarli barcha sochlarini yo’qotadi.
1995-yilda uni avtobus urib yuboradi, biroq u kichik jarohatlar bilan omon qoladi.
1996-yilda u tog’li yo’ldan mashinada chiqib ketadi, lekin mashinadan sakrab tushishga muvaffaq bo’ladi. U qulash vaqtida ushlab qolgan daraxt uni jonini asrab qolgan.
2003-yilda u hayotida birinchi marta lotereya chiptasini sotib oladi va 600 000 funt sterling yutib oladi.