Telefon qanday yaralgan?

1876-yilning 7-mart kuni AQSHda muhandis va ixtirochi Aleksandr Grexem Bell ovozni uzoq masofaga yetkazib beruvchi apparat uchun patent oldi. U o‘z ixtirosini “telegrafning takomillashtirilgan modeli” deb atagan.
Telefon yaratish g‘oyasining o‘zi 1849-1854 yillarda muhandis-mexanik va Parij telegrafining vise-inspektori Sharl Bursel tomonidan ishlab chiqilgan. U telefonning ishlash prinsipini yaratgan va uni 1854 yilda o‘z dissertatsiyasi orqali fikrlarini batafsil bayon etgan. Ammo, Bursel telefon aloqasini yaratish g‘oyasini amalga tatbiq etolmadi. Bursel – “telefon” so‘zidan foydalangan tarixdagi birinchi shaxs ham bo‘lgan. “Telefon” so‘zi yunon tilidan olingan “τῆλε” – “uzoq” va “φωνή” – “ovoz”, “tovush” so‘zlari birikmasidan yaratilgan.
Texnologik moʻjiza g‘oyasini amalga tatbiq etgan inson – amerikalik ixtirochi Aleksandr Bell bo‘ldi. U telegraf yaratish ustida ishlay turib, elektrik signallar hosil bo‘lganda telegraf apparatida ovozlar paydo bo‘lganini payqagan. Aynan mana shu narsa uni masofadan turib suhbatlashish imkonini beradigan qurilma yaratishga undagan.
1876 yilning 10 mart kuni telefon orqali tarixdagi birinchi suhbat amalga oshirildi. Aleksandr Bell 12 metrli masofadan turib, uyining tom qismidagi laboratoriyaga qo‘ng‘iroq qildi va tarixiy jumlani aytdi: “Janob Vatson, bu yerga keling. Siz menga keraksiz”.
Aynan mana shu yili Bellning ixtirosi Filadelfiya Xalqaro ko‘rgazmasida mehmonlarga namoyish etildi. Oradan besh yil o‘tib esa Parijdagi xalqaro ko‘rgazma ishtirokchilari uning ixtirosiga mahliyo bo‘lib qoladilar.

Ta’kidlash kerakki, telefonning ommalashishida Bellning harakatchanligi katta rol o‘ynagan. Undan avval ixtirochilar – Filipp Reys va Charlz Peyjlar ham odamlarni telefon g‘oyasiga qiziqtirishga harakat qilib ko‘rishgan. Ammo, jamoatchilik ushbu g‘oyalarga jiddiy e’tibor qaratmagan. Aleksandr Bell esa telefoning ajoyib imkoniyatlarini odamlarga ko‘rsatib berishning uddasidan chiqqan.

(Visited 6 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz