Yomon so’z va achchiq til haqida maqollar
- Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
- Achchiq til — zahri ilon, chuchuk tilga — jon qurbon.
- Bemorga shirin so’z kerak, aqlsizga — ko’z.
- Gapi to’mtoqning o’zi to’mtoq.
- Gapi to’ngning o’zi to’ng.
- Yomon so’z egasiga qaytar.
- Yomon so’zlab sovutma, jon og’ritib ovutma.
- Ochiq til osh yedirar, achchiq til — tosh.
- Yomon gapning oyog’i olti.
- Zahar til suyakni yorar.
- Aytilgan so’z — otilgan o’q.
- Anjom uy ziynati, so’z inson ziynati.
- Ariqni suv bezar, odamni — so’z.
- Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Shirin va yaxshi so’zga oid
Donning achchig’i yaxshi,So’zning — shirini. | Do’st orttiraman desang,Shirin suhbat qil. |
Yomon gap — bosh qozig’i,Yaxshi gap — jon ozig’i. | Ovqatni tuz mazali qilar,Odamni — so’z. |
Iliq so’z — shakar,Sovuq so’z — zahar. | Puling bo’lmasa, bo’lmasin,Shirin so’zing bo’lsin. |
So’zning boyligi — odamning chiroyligi. | Shirin so’z shakardan shirin. |
Har kim o’z till bilan tirik. | Hikmat — bir hovuch oltin. |
Bir tavakkal buzadi,Ming qayg’uning qal’asin.
Bir shirin so’z bitkazar, Ming ko’ngilning yarasin. |
Ko’zdan ko’zing toysa,So’zdan ko’ngling toyar. |
Til haqida hikmatli so’zlar
O’zbek xalqining milliy maqollari juda ko’p, ularning til va unga yaqin bo’lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar.
Bir yaxshi gap esdan chiqmas,Bir — yomon gap. | Birovning o’zi g’ar,Birovning so’zi g’ar. |
Bug’doy noning bo’lmasin,Bug’doy so’zing bo’lsin. | Gapda g’iybat yomon,Dardda — quyanchiq. |
Gapdan gap chiqar,Cho’pdan — xas. | Gapi gapga o’xshamas,Og’zi gapdan bo’shamas. |
Gap egasini topar. | Gapning yomoni pichir. |
Gapning ozi yaxshi,Qizning — nozi. | Gapning qisqasi yaxshi,Qisqasidan hissasi yaxshi. |
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. | Yomon til yo jonga urar, |
Odam — so’zlashguncha,Yilqi — kishnashguncha. | So’z chumchuq emas,Og’izdan chiqsa, tutib bo’lmas. |
Til bor, bol keltirar,Til bor, balo keltirar. | Gapni gap ochar,Yomon gapdan qochar. |
Yomonning tili bor,Yaxshining — dili. | Yomonning yuzi qursin,Gapirgan so’zi qursin. |
Ko’ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. | Yomon so’zning qanoti bor. |
Qo’yning qimmati — yungida,Odamning qimmati — so’zida. | Yomonning yaxshi so’zidan,Yaxshining yomon so’zi yaxshi. |
Dushman orttiraman desang,Chaqirtikan bo’l. | Yomon so’z bo’lmasa,Yaxshi so’z bo’lmaydi. |
Yomon til boshga balo keltirar,Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. | Issiq kiyim tanni ilitar,Issiq so’z jonni ilitar. |
Dunyoni yel buzar,Odamni — so’z. | Ovni — oziq bilan,Odamni — so’z bilan. |
Yaxshi-yomon so’z va gaplar haqida maqol
- Go’sht-yog’ berma, yaxshi til ber.
- Duo bilan el ko’karar, yomg’ir bilan yer ko’karar.
- Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir.
- Yo’l quvgan xazinaga yo’liqar, so’z quvgan — baloga.
- Kishining o’zi yetmagan yerga so’zi yetar.
- Kuch egmaganni so’z egar.
- Ko’p gap — eshakka yuk.
- Mazali so’zga quloq charchamas.
- Ma’qul gapga qoruv yo’q.
- Ming chechanni bir ezma yengar.
- Muzdan suv tomar, so’zamoldan — bol.
- Odam so’zi bilan sinalar, osh — tuzi bilan.
- Oz gapir — soz gapir.
- Olim so’zi oz, oz bo’lsa ham soz.
- Orqadagi gap — og’ildagi tezak.
- Og’izga kelgan so’z arzon, ovulga kelgan bo’z arzon.
- Og’rigan joyga qo’l yugurar, og’ritar so’zga til yugurar.
- Pichir-pichirdan o’t chiqar.
- Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
- Sen ham bir og’izdan, siz ham.
- Suv o’z yo’lini topar, so’z — o’z egasini.
Til — dil jarchisi.Til — aql bezagi.Til — aql tarozisi.
Suydirgan ham til,Kuydirgan ham til. | So’z kaltada,Un xaltada. |
Suyaksiz til suyak sindirar. | |
So’z ko’rki — maqol. | So’z ojizi bo’lguncha, |
So’z emgak bo’lar,Bo’z — ko’ylak. | So’zda qanquv yomon,Dardda — sanchuv. |
So’zdan so’zning farqi bor,O’ttiz ikki narxi bor. | So’zdan so’z chiqar,So’zlamasang na chiqar. |
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq. | So’zning yomoni — sanchiq,Dardning yomoni — quyonchiq. |
So’zning onasi — quloq,Suvning onasi — buloq. | Tayog’i yo’g’on birni urar,So’zi yo’g’on mingni urar. |
Til — dil kaliti. | |
So’z oyoqdan ilgari borar. | So’zi nodurustning o’zi nodurust. |
So’zni bir ezmadan so’ra,Bir — kezmadan. | Tanballik — kulfat,Mahmadanalik — ofat. |
Taom lazzati o’zida.Odam lazzati — so’zida. | Til yugurigi — boshga,Oyoq yugurigi — oshga. |
Til yaxshisi bor etar,Til yomoni xor etar. | Tilingda bo’lsa boling,Kulib turar iqboling. |
El bor yerda so’z bor. | Uzun til — umr zavoli. |
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. | Tilga e’tibor — elga e’tibor. |
Tig’ jarohati bitar,Til jarohati bitmas. | Tilni bog’la dil bilan,Dilni bog’la til bilan. |
Tuzsiz oshning epi oson,Tuzsiz gapning epi qiyin. | Uzun til — boshga to’qmoq,Bo’yinga — sirtmoq. |
Chin so’z — mo’tabar,Yaxshi so’z — muxtasar. | Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. |
Toza suvni yer olar,Yaxshi so’zni el olar. | Shirin so’z — qaymoqli ayron,Achchiq so’z — bo’yniga arqon. |
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. | Fil ko’tarmaganni til ko’tarar. |
Til — dil tarjimoni. |
Сценарий «Умники и Умницы» посвяшённый на месячник русского языка
Maqollar: til haqida
- To’qson og’iz so’zning to’qsonta tuguni bor.
- Shakar ham tilda, zahar ham.
- Shirin so’z shoh kosasida suv ichar.
- Shirin yuzingdan shirin so’zing a’lo.
- Egasiz qarg’ish egasini topar.
- Eldagi gap — dildagi gap.
- Elni sevsang, elcha gapir.
- Ona tilim — jon-u dilim.
O’z aqling aqldir,Elning aqli naqldir. | Yaxshi gapga quloq sol,Yomon gapga uloq sol. |
Yaxshi og’izga — osh,Yomon og’izga — tosh. | Yaxshi so’z bo’ldiradi,Yomon so’z kuydiradi. |
Quloqdan kirgan sovuq so’zKo’ngilga borib muz bo’lar. | Qizil tilim bo’lmasa, qishlar edim elimda.Yashil tilim bo’lmasa, yayrar edim elimda. |
O’tarchining nashtari yeng ichida,Zahar xotin nashtari til uchida. | Qizil tilim tiyolmadim,Qizimnikiga borolmadim. |
Manba: askinfo.uz
(Visited 1 079 times, 1 visits today)