TKT, TESOL, Aptis va boshqa muddati ko’rsatilmagan sertifikatlar BIR UMR amal qiladimi?

Juda ko’pchilikdan TKT bir umrlik ekan, TESOL o’tib ketganimizdan keyin ham amal qilaverar ekan (bunisi hazil albatta) degan gaplarni eshitib qolamiz. Aslida bir umrlik deyish biroz to’g’ri kelmaydi. Shunchaki bularda muddat belgilanmaydi xolos.
IELTS, Milliy sertifikat. TOEFL va boshqa ko’plab imtihonlar aynan talabgorning TIL BILISH DARAJASINI ifodalaydi.
Ya’ni IELTSdan 7 ball sohibi deyilsa ko’z oldingizga tilni yaxshi biladigan, ravon so’zlasha oladigan odam keladi. CEFR B2 darajasi sohibi deyilsa, ha demak tilni o’rtacha darajada bilar ekan. So’zlashishlari ham juda ravon bo’lmasa ham fikrini yetkazib bera oladi degan tushuncha hosil bo’ladi. Xalqaro tadqiqotlarga ko’ra, til bilan shug’ullanilmay qo’yilganda, til bilish darajasi pasayadi. Va deylik IELTS dan 7 bal olgan bo’lsangiz va 2 yil davomida til bilan shug’ullanmay qo’ysangiz sizdagi ko’nikmalar pasayadi va IELTS balingiz 6.5, 6 va xattoki 5 balga ham tushib ketish mumkin. Shu ikki yil davomida til bilishimizda o’zgarish bo’lishini hisobga olingan holda til bilish sertifikatlari ANIQ BIR MUDDAT BILAN beriladi.
Lekin TIL BILISH DARAJASI EMAS, Ko’proq KURS, O’QUV DASTURI deyilsa to’g’riroq bo’ladigan TKT, TESOL, TEFL/TESL lar esa tilni falon darajada bilishingizni IFODALAMAYDI. Ular O’QUV DASTURI, til va 4ta ko’nikma bo’yicha emas mutaxasisligingiz bo’yicha kerakli bilimlardan iborat bo’ladi. Deylik TKT Module 2 dan Band 3 olibdi deyilsa, tilni falon darajada bilar ekan deya olmaymiz. Shunchaki u tegishli o’quv dasturini o’zlashtirgan va o’sha o’zlashtirgan dasturi boyicha o’tkazilgan imtihonda ma’lum natijani qayd etgan deya olamiz xolos. Shuning uchun bularda falon muddatda bilimlar eskiradi, bilimlarni yangilash kerak degan narsa yo’q. Ya’ni bilimlariz eskiradimi, esdan chiqib ketadimi buni o’lchaydigan aniq me’zon yo’q bunday kurslarda. Shuning uchun bunday sertifikatlarga muddat qo’yilmaydi. (Qaytaraman kurs bo’lgani uchun). Lekin bu narsa bir umr amal qiladi degan qoidani anglatmaydi. masalan maktabizda beriladigan faxriy yorliqni eslang, kompyuter kursini tugatganizda o’quv markaz tomonidan beriladigan sertifikatni eslang. Ularni hech qaysisida falon vaqtgacha amal qiladi degan muddati bo’lmaydi. TKT, TESOL sertifikatlari ham shunday. Falon vaqtda falon kursni o’qib tugatdi, tamom! U kursni tugatdi degan sertifikatga qarab biz u odamni bilimini o’lchay olmaymiz. Shu sabab unga amal qilish muddati qo’yilmaydi. Lekin imtiyozi oddiy til bilish sertifikati bilan bir xil bo’laveradi. Olingan sanadan boshlab 2 yil amal qiladi. Aptis masalasi esa biroz chigal. O’zi til bilish darajasini ifodalaydigan imtixon bo’lsada negadir amal qilish muddati qo’yishmaydi. Aslida unga ham 2 yil amal qilish muddati bilan berilishi to’g’riroq bo’lardi. Muddat qo’yilmasligi esa ostida o’ta darajadagi yashirin muhim omillarsabab emas shunchaki test tashkilotchilarini bu narsani e’tiborsiz qoldirgani deb bilaman.

 

Перевод текста на русский язык:

Перевод на русский язык
Мы слышим от многих людей, что TKT действует пожизненно, а TESOL продолжает применяться даже после нашей смерти (это, конечно, шутка). На самом деле, немного неточно говорить, что это целая жизнь. У них просто нет срока. IELTS, Национальный сертификат. TOEFL и многие другие тесты отражают именно уровень владения языком абитуриента. То есть человек, имеющий 7 баллов по IELTS, означает человека, хорошо знающего язык и свободно говорящего. Если уровень CEFR B2 считается обладателем – да, это означает, что он знает язык на среднем уровне. Есть понимание, что даже если их речь не очень беглая, они могут передать свои мысли. Согласно международным исследованиям, когда язык не практикуется, уровень владения языком снижается. Допустим, вы получили 7 баллов по IELTS, и если вы не практикуете язык в течение 2 лет, ваши навыки снизятся, и ваш балл IELTS может упасть до 6,5, 6 или даже 5 баллов. Учитывая, что за эти два года произойдут изменения в наших языковых навыках, сертификаты о владении языком будут выдаваться АКЦИОНЕРНО НА ОДИН ПЕРИОД. Но TKT, TESOL, TEFL/TESL, что точнее называть КУРС, ПРОГРАММА, А ​​НЕ УРОВЕНЬ ЗНАНИЯ ЯЗЫКА, НЕ ОЗНАЧАЕТ, ЧТО ВЫ ЗНАЕТЕ ЯЗЫК НА ТАКОГО УРОВНЯ. Они будут состоять из УЧЕБНОЙ ПРОГРАММЫ, языка и необходимых знаний по вашей специализации, а не из 4 навыков. Допустим, он взял Band 3 из TKT Module 2, мы не можем сказать, что он знает язык на таком-то уровне. Можно лишь сказать, что он освоил соответствующую программу и зафиксировал определенный результат на экзамене, проведенном по этой освоенной программе. Поэтому не бывает того, что знания устаревают в такой-то период и знания нуждаются в обновлении. То есть нет четкого критерия, по которому можно будет измерить, устареют или забудутся ваши знания на таких курсах. Таким образом, срок действия таких сертификатов не ограничен. (Я вернусь из-за курса). Но это не значит, что правило будет действовать всю жизнь. например, вспомните почетную грамоту, выдаваемую в вашей школе, вспомните сертификат, выдаваемый учебным центром по окончании компьютерного курса. Ни у одного из них нет срока, в котором указано, что они будут действительны до такого-то времени. Так же есть сертификаты ТКТ, ТЕСОЛ. Он закончил такой-то курс в такое-то время, вот и все! Мы не можем измерить знания человека по сертификату о прохождении им курса. По этой причине у него нет срока годности. Но привилегия будет такой же, как и при получении обычного языкового сертификата. Он действителен в течение 2 лет с момента получения. С Aptis ситуация немного сложнее. Хоть и существует экзамен, выражающий уровень знания языка, но срок его действия почему-то не устанавливается. На самом деле правильнее было бы дать его со сроком действия 2 года. Я считаю, что неустановление срока связано не со скрытыми важными факторами, а просто с тем, что организаторы тестирования пренебрегли этим.
(Visited 380 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz