transfer.piima.uz platformasi – Ilm va faktlar

transfer.piima.uz platformasi

Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilarning o‘qishini ko’chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshiriladi

📆 Arizalarni joriy yilning 3-8-noyabr kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali tez va oson yuborishingiz mumkin.

➡️A]rizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://transfer.piima.uz/application

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:

➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;

➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);

➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;

➖ko’chirishga asos bo’luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilariga davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

❗️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

📌 Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @uzteacheren