Uran sayyorasi haqida

1781-yilning 13-mart kuni tunda Uilyam Gershel birinchi marta Uran sayyorasini ko‘rib qoldi.

Uning qaydlarida bu sanada Uran hali sayyora sifatida emas, balki “notanish kometa” sifatida qayd etilgan.

Gershel ham avvaliga Uranni biror kometa deb o‘yladi. Biroq keyingi kunlardagi kuzatishlarga qarab, Gershel bu obyekt kometa emasligini payqadi.

Gershel Uranni 13-mart kuni kashf qilgan bo‘lsa-da, ommaga e’lon qilishga shoshilmadi.

U olimlarga xos mulohazakorlik bilan o‘z kuzatuvlarini qayta-qayta sinchiklab tekshirdi va xato qilmayotganiga amin bo‘lgach, o‘sha yilning 26-may sanasida Qirollik jamiyatida axborot berdi.

Uning axborotida sayyoraning koordinatlari va boshqa astronomlarning kuzatishlari orqali tasdiqlangan parametrlari ilova qilingan edi.

Gerschel sayyorani o’zining oliy homiysi qirol Georg III sharafiga “Georg yulduzi” deb nomladi.

1823-yildan sayyoraga Uran nomi rasman biriktirildi.

(Visited 17 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz