Ustozlar kuniga sherlar

Ustoz

Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,

Millat ravnaqida murabbiy — oftob.

Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar,

Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan slaydlar, ko’rgazmalar, mp3lar, g’azallar, tadbir senariylari

Kundaligim varag’ida baholar,

Goho a’lo, goho ikki jazolar.

Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi —

Bolalikda to’g’rilandi xatolar.

Esdalik daftarimni qo’lga oldim,

O’quvchilik davrimga nazar soldim.

Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,

Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,

Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.

Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,

Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.

O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,

Manglayida qator ajinlar qolgan.

O’sha ajinlari tufayli xalqni

Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Сценарий «Умники и Умницы» посвяшённый на месячник русского языка

********************

Ustozlar omon bo’ling

Yana qalam ushladim.

Sher yozishni boshladim.

Talablarga binoan.

Ustozlarni maqtadim.

Xalqimizda bugun bayram.

Jonajon ustozlar kuni.

Xar bir ilm olgan odam.

Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor böling.

Doyimo kulib yuring.

Biz yoshlarni baxtiga.

Doyimo omon böling.

Xammon yodda saqlanar.

Birinchi sinf darsliklar.

Alifboni ochib berib.

Ustoz bergan saboqlar.

Gox söylaysiz xayotdan.

Bilim berasiz kitobdan.

Saboqlariz olgan odam.

Xech qörqmaydi sinovdan.

Разработка сценария конкурса «а ну-ка, девочки!» между ученицами 6-х классов

Qancha maxtov bölsa kam.

Chunki siz bor yorug’ olam.

Ustoz körmagan odamni.

Tan olmaydi bu olam.

Bilib bilmay sizlarni.

Köp rajitib qöyamiz.

Umir ötib kech bölgaoda.

Afsus qilib yig’laymiz.

Tög’ri bazi payitlarda.

Siz xam qarab turmaysiz.

Qöl ishlatib ursangizda.

Yomon böl deb urmaysiz.

Bölsin erkak yo ayol.

Tilim berar extimol.

Ular bergan saboqdan.

Özligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.

Yoki ustoz, domlajon.

Siz siz xayot xayotmi.

Barchangizdur jonajon.

Shirin so‘zdan, nurli yuzdan yorug‘ yo‘llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho‘llar.
Shu zotlarni, shogirdlarin ko‘kka yo‘llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang Ustozlarga

Ustoz va murabbiylar kuni

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Muallim

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.

Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.

Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.

Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.

Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin!!!

Сценарий открытия недели русского языка и литературы в школе

Ustozlarga

Ne-ne buyuk zotlar ko’rdi bu dunyo,
Moziy sahifasi to’la – limmo-lim.
Shuuri, onglarga bergan nur-ziyo,
Ilm debochasi – boshlang’ich ta’lim.
Har inson yuragi, har ishning boshi,
Murg’ak vujudlarning porloq qoshi,
Kelajagi uchun sen tamal toshi
Munavvar yo’lboshi – boshlang’ich ta’lim

 Ustozlarga she’r

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

 

Oddiy muallim, aziz Ustozim

Mehringiz-la ochmish hayot ko‘zini,
Madh ztmoqqa shaydur bugun ovozim.
Sizga o‘xshataman quyosh yuzini,
Oddiy muallimim, aziz Ustozim.

Qalbi zzgulikka to‘la, limmo-lim,
Ko‘kka yo‘lladingiz – baland parvozim.
Hamisha menga yor Siz bergan ta’lim,
Otamday ulug‘im – aziz Ustozim.

She’riyat mulkiga oshno etdingiz,
Kitoblar qatiga bitilar rozim.
Siz-ki, boringizni fido etdingiz,
Har nafas hamdamim – aziz Ustozim.

Muallim

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim, Million dillar dostonisan, muallim.

Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob, Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Xazinasan, kalbing mehr daryosi, Unda porlar uluhlarning ziyosi.

Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding, Aklu, idrok, farosatdan dars berding.

Butun umring joning fido farzandga, Yetaklaysan doim oliy maksadga.

Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin, Vatanimiz shonu shuxratga tulsin

 *************************

 Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,

Turli xil sohadan berasiz ta’lim.

Uni tinglaganda kichik jussam ham,

Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,

Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.

Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,

Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

 

She’rlar quyidagi manbalardan olindi: 

(Visited 646 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz