Ustozlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari qanday?

Ustozlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari qanday?

Baliqlar orqaga suzadimi?

-odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish;

-maktab manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish;

-biror-bir noxush voqea yoki xodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga bildirish;

-umumta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;

-dars jarayonida o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish;

-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish;

-ta’lim oluvchilarni ma’naviy — ahloqiy tarbiya ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.

Nega olmos qimmatbaho tosh hisoblanadi?

O‘qituvchilarga odob-axloqidaman etiladigan holatlar:

-jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

-jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish;

-o‘quvchilar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

Chiqindichilar shahri

-o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlardan asossiz chiqarib yuborish;

-o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;

-maktab hududida spirtli ichimliklar ichish va tamaki maxsulotlarini chekish kabilar qat’iyan man etiladi.

-Jamoa a’zolari umumta’lim maktabiga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim. Ularining ta’lim muassasasiga odamlar diqqatini tortadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi ta’qiqlanadi.

(Visited 84 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz