Vazir jamg’armasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

Vazir jamg’armasida to’lab beriladigan ustamalar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgusidagi 425-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Qarorga ko’ra, har bitta yo’nalish (“Boshlang’ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar”)  bo’yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o’rniga ko’pi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama to’lanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo’yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o’tkaziladi;

2️⃣bosqichda — umumta’lim fanini bilish darajasini baholash bo’yicha o’tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko’rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o’tkaziladi. Suhbat o’tkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

❗️Ushbu ustamaga nomzod bo’lish uchun o’quvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

 

@Yurist_Xizmati

(Visited 17 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim