Xalqaro oila kuni haqida

Xalqaro oila kuni har yili 15-mayda oilalarning ahamiyati va jamiyatdagi o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi. Bu kun butun dunyo bo’ylab oilalar jamiyatning asosiy bo’g’ini sifatidagi ahamiyatini e’tirof etish va oilalarga taalluqli muammolar haqida xabardorlikni oshirish maqsadida nishonlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993-yilda oilalar bilan bog’liq muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida Xalqaro oila kuni deb e’lon qildi.

Shu kuni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan oilalarni qutlash, ularning farovonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xalqaro oila kuni oilalarning ahamiyati haqida fikr yuritish va oilaviy rishtalarni mustahkamlash imkonini beradi.

(Visited 14 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz