Xalqaro sertifikatlarni tekshirish

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin?

1. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo’lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.)
Agar IDP dan olingan bo’lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin.

2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi.

3. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi:

a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

4. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O’zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo’lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004, UZ059 kod bilan ro’yxatdan o’tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi.
Ayrim o’quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko’rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo’qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo’lmaydi.

5. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro’yxatdan o’tkazib, rasmiy so’rov yuborish kerak.)

6. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun
tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.

7. TESOL, TEFL – Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko’p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo’q. Bu sertifikatlar bo’yicha vazirlikning 1006 call markaziga bog’lanib aniqlashtirgan ma’qul.

8. iTEP – Ushbu turdagi sertifikatlarni https://www.iteptest.com/test_mod/verify/test_verification.php saytidan tekshirishingiz mumkin.

(Visited 2 660 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz