Zehn va xotirani qanday kuchaytirsa bo’ladi?

1. Asal.
Zuhriy Ibn Jurayjga: «Asal yeb yur, chunki u xotira uchun yaxshidir», degan.

2. Sigir suti.
Bir kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga ko‘p narsalarni unutib qo‘yishidan shikoyat qilganida, u kishi: «Sigir sutini ichib yur. U yurakka dalda beradi va unutishni ketkazadi», degan ekanlar. (Xatib rivoyat qilgan).

3. Mayiz.
Zuhriy: «Kim hadis yodlashni istasa, mayiz yesin», degan.

4. Lubon
(Daraxtdan olinadigan sutsimon modda, daraxtning shirasi).

Bir kishi Anas ibn Molik roziyallohu anhuga unutuvchanligidan shikoyat qilibdi. Shunda u kishi: «Lubon ichib yur. Uni kechasi ivitib qo‘yib, ertalab och qoringa bir xo‘plamdan ichasan. U xotira pastligini yaxshi davolaydi», degan ekanlar.

5. Misvok.
Qur’oni Karim qiroatidan avval og‘izni misvok bilan tozalash tilovat odoblaridandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Misvok og‘izni tozalovchi va Robbni rozi qiluvchidir», deganlar. U og‘izni hushbo‘y qiladi, nutqni ravonlashtiradi, hisni kuchaytiradi, uyquni qochiradi, ovozni tiniqlashtiradi va balg‘amni oladi.
Zarnujiy aytadi: «Balg‘am va botlar kamaygan sari hofiza kuchayaveradi. Balg‘am ko‘payishi unutishga olib boradi».

6. Zamzam.
O‘tgan solihlarimiz shifo, talabi ilm va boshqa ulug‘ maqsadlarni niyat qilib, zamzam suvini ichganlar. Zamzam ichishdan oldin manfaatli ilm so‘rab duo qilish asarlarda kelgan.
Imom Ibn Hajar rahimahulloh hadis yodlashda Imom Zahabiydek bo‘lishni Allohdan iltijo qilib zamzam ichganlar va natijada u kishidan ham o‘zib ketganlar.

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida aytib o‘tilgan asal, sigir suti, mayiz, lubon, misvok va zamzam kabi sabablar Alloh taolo tavfiq bergandagina foyda beradi. Ularni silohga qiyoslash mumkin.
Qo‘lning mohir harakati bo‘lmasa, har qanday zo‘r silohdan biror ish chiqmaydi. Xuddi shunga o‘xshash, mazkur yemaklarni tanovul qilish bilan birga, zehn va xotira to‘g‘ri hamda to‘xtovsiz ishlatilmas ekan, ularning faqat chiqindiga aylangani qoladi. Aks holda bu yeguliklarni mo‘l-ko‘l iste’mol qilib yurgan ko‘pchilik hofizu olim bo‘lib ketishi mumkin edi.

Odinaxon Muhammad Sodiqning
«Keling, Qur’on yodlaymiz» kitobidan.

(Visited 14 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz