Zoologiyadan topishmoqlar

HAYVONLAR HAQIDA
QIZIQARLI TOPISHMOQLAR.
1.Suv tubida bor ekan bir tomchi,
Qanday tirik jon ekan? – Top-chi!
(oddiy amyoba)
2. Maysa rangli mitti o‘zi.
Bor xivchini, bordir ko‘zi.
(yashil evglena)

3. Mitti koptok, tepib bo‘lmas,
Dumalaydi, tutib bo‘lmas.
(volvoks)
4. Suvga biroz pichan soldik,
O‘sha suvdan tomchi oldik.
Unda tirik jonni ko‘rib,
Biz hammamiz hayron qoldik.
(infuzoriya tufelka)
5. Bir og‘izga o‘n xizmatkor.
Qanday o‘lja unga darkor?
(chuchuk suv gidrasi)
6. Soyabonga o‘xshar tanasi,
Tega ko‘rmang, chaqar ninasi.
(meduza)
7. Ko‘p kiprikli, oyoqsiz,
Shoxli ichak – teshiksiz.
(planariya)
8. Ikki so‘rg‘ichli, yapaloq,
Shaklan o‘xshar bir yaproq.
(jigar qurti)

9. Uzun tasma – ichaksiz,
To‘rt so‘rg‘ichli, ilmoqsiz.
(qorqmol tasmali chuvalchangi)
10. Ichakda bor bir xivich,
Bo‘yi rosa bir qarich.
Tekin tomoq, ichak so‘rar,
Bilsang ayt-chi, qanday yuqar?
(odam askaridasi)
11. Qizil xivich yer kovlaydi,
In qaziydi, tuproq yamlaydi.
(yomg’ir chuvalchangi )
12. Yer ostida mitti xivich,
Yer haydaydi erta-yu kech.
(yomg’ir chuvalchangi )

13. Ariq bo‘yidan bir qirchang‘i
o‘tdi,
Yolini to‘shab, sirpanib ketdi.
(yalang’och shilliq )

14. Suv yutadi, dur ishlaydi
(marvariddor )

15. Suv ostida bor bir teshik,
Teshik emas – ochiq ikki eshik.
(baqachanoq )

16. Qisqichi bor, uzun mo‘ylov.
Kunduz dam olar, tunda qilar ov.
(daryo qisqichbaqasi )

 

Davomini PDF faylda YUKLAB OLING

(Visited 427 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz