5-mayda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?

5-mayda kimlar tug’ilgan va u qanday kun?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon kulgi kuni.
🌏 Xalqaro doya (akusherka)lar kuni.
🌏 Afrikaning Butunjahon merosi kuni.
🌏 Xalqaro permakultura kuni.
🌏 Butunjahon qo’l gigiyenasi kuni.
🌏 Butunjahon o’pka gipertenziyasi kuni.
🌏 Xalqaro malikalar kuni.
🇪🇺 Yevropa kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇹 Litva, Vengriya, Mozambik, Portugaliya, Ruminiya, Kabo-Verde, Angola, Ispaniya – Onalar kuni.
🇩🇰 Daniya – Ozodlik kuni.
🇵🇹 Portugaliya, 🇧🇷 Braziliya, 🇸🇳 Senagal, 🇲🇿 Mozambik, 🇦🇴 Angola, … – Portugal tili va madaniyati kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Sassiqkoʻzan kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi – Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy karikaturachilar kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy astronavtlar kuni.
🇧🇾 Belarus  – Matbuot kuni.
🇹🇴 Tonga – Bolalar kuni.
🇵🇼 Palau – Qariyalar kuni.
🇬🇾 Gayana – Hindlarning kelishi kuni.
🇪🇹 Efiopiya – Vatanparvarlar g’alabasi kuni.
🇯🇵 Yaponiya, 🇰🇷 Janubiy Koreya – Bolalar kuni
🇳🇱 Niderlandiya – Ozodlik kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Konstitutsiya kuni.
🇦🇹 Avstriya – Milliy sotsializm qurbonlari xotirasiga zo’ravonlik va irqchilikka qarshi xotira kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1260 – Xubulay Mo‘g‘ullar imperiyasining Buyuk xoni bo‘ldi.
– 1762 – Rossiya Yetti yillik urushdan chiqdi.
– 1764 – Sankt-Peterburgda Yeketrina II farmoni bilan  Rossiyadagi 1-ayollar ta’lim muassasasi – burjua qizlari uchun maktab (Smolniy instituti) tashkil etildi.
– 1788 – Ispan dengizchisi Martines Kanadaning Vankuver orollarini ochdi.
– 1789 – Qirol Lyudovik XVI 1614-yildan buyon birinchi marta General Shtatlarni chaqirdi.
– 1816 – Karl Avgust Saks-Veymar-Eyzenaxskiy birinchi nemis konstitutsiyasini taqdim etdi.
– 1821 – Muqaddas Yelena orolida Napoleon I vafot etdi.
– 1836 – Belgiyada Yevropadagi ilk temir yo‘l ishga tushdi.
– 1862 – Fransiyaning Meksikadagi intevensiyasi paytida Puebla jangi.
– 1912 – Shvetsiyaning Stokgolm shahrida V Olimpiya o‘yinlariga start berildi.
– 1912 – “Pravda” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
– 1919 – Parijda “Qizil Xoch jamiyati Ligasi” ni tuzish haqidagi akt imzolandi.
– 1920 – Sakko va Vansetti qaroqchilikda ayblanib qamoqqa olindi.
– 1921 – Koko Shanel “Chanel No.5” atirlarini taqdim etdi.
– 1936 –  Efiopiyaning italyan qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.
– 1949 – Londonda 10 ta davlat vakillari Yevropa Ittifoqining Ustaviga imzo chekishdi.
– 1956 – Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha 1-jahon chempionati boshlandi.
– 1993 – Mustaqil Qirg‘izistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1994 – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin yulduz”, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari ta’sis etildi.
– 1994 – Bishkek shartnomasi: Qorabog’ nizosi hal qilindi.
– 2004 – Pablo Picassoning «Trubka tutgan bola» kartinasi 104 million dollarga sotildi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1599 – Oliver Kromvel (1658) – Angliya inqilobining yetakchisi, 1653-yildan Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning lord protektori.
– 1652 – Boris Sheremetev (1719) – rus harbiy arbobi, diplomat, general-feldmarshal, Rossiyaning birinchi grafi.
– 1811 – Jon Dreyper (1882) – amerikalik kimyogar, Oyni birinchi bo‘lib suratga olishga  erishgan.
– 1813 – Syoren Kyerkegor (1855) – daniyalik faylasuf, ekzistentsializm asoschisi.
– 1818 – Karl Marks (1883) –  nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi.
– 1819 – Stanislav Monyushko (1872) – polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
– 1846 – Genrik Adam Senkevich (1916) – polyak yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1905).
– 1910 – Hamid Sulaymonov – (1979) – adabiyorshunos, matnshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964).
– 1916 – Mutal (Mutavakkil) Burhonov (2002) – bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
– 1918 – Matyoqub Qoʻshjonov (2005) – Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi.
– 1921 – Artur Leonard Shavlov (1999) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1981).
– 1923 – Mixail Yegorov (1975) – sovet razvedkachisi, Qizil Armiya serjanti, 1945-yilda Meliton Kantaria bilan birgalikda Reyxstag tomida G’alaba bayrog’ini qadagan.
– 1929 – Ibrohim Yusupov (2008) – Qoraqalpoq yozuvchisi, O‘zbekiston Xalq shoiri.
– 1944 – John Rhys-Davies – buyuk britaniyalik kino va ovoz aktyori.
– 1950 – Abduvaliyev Salimboy – tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.
– 1961 – No‘mon Murodov – O‘zbekiston xalq artisti.
– 1988 – Adel – ingliz musiqachisi.

(Visited 23 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz