7-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

7-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT  — Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni.
🌏 Butunjahon g’amxo’rlik kuni.
🌎 Xalqaro Tourette xabardorlik kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇪 Peru – Bayroq kuni.
🇨🇱 Chili ‐ Arika jangi kuni.
🇸🇰 Slovakiya ‐ Slovakiya xalqi memorandumining yilligi.
🇩🇰 Daniya – Shahzoda Yoaximning tug’ilgan kuni.
🇳🇴 Norvegiya – Mustaqillik e’lon qilingan kun.
🇭🇷 Xorvatiya – Xorvatiya diplomatiyasi kuni.
🇦🇷 Argentina – Jurnalistlar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Moliya va iqtisod xodimlari kuni.
🇲🇹 Malta ‐ Sette Giugno.

👉 VOQEALAR:

– 1099 – Salib yurishlari: Quddus qamali.
– 1340 – Gollandiyada Rotterdam shahriga asos solindi.
– 1494 – Ispaniya va  Portugaliya dunyoni qaytadan boʻlib olishdi.
– 1498 – Xristofor Kolumb o‘zining uchinchi sayohatiga yo‘l oldi.
– 1628 – Angliya qiroli Charlz II Huquqlar haqidagi petitsiyani tasdiqladi.
– 1654 – Lyudovik XIV Fransiya taxtiga o‘turdi.
– 1692 – 7,5 balli Port-Royal zilzilasi sodir bo‘ldi va uch daqiqa ichida shaharni butunlay yakson qildi.
– 1776 – Nyu-Yorkdan tashqari Amerikadagi barcha ingliz koloniyalari mustaqillik uchun ovoz berishdi.
– 1863 – Angliya, Fransiya, Ispaniya harbiylari Mexikoga  bostirib kirdi.
– 1903 – Pyer Kyuri yangi kimyoviy element – poloniyni kashf qildi.
– 1905 – Shved-norveg uniyasi bekor qilindi.
– 1929 – Lateran kelishuviga muvofiq Vatikan davlati tashkil topdi.
– 1960 – Saudiya Arabistonida ayollarga ta’lim olish uchun ruxsat berildi.
– 1965 – Sony korporatsiyasi narxi 995 $ bo‘lgan birinchi videomagnitofon – CV-2000 ni taqdim etdi.
– 1967 – Olti kunlik urush:  Isroil armiyasi Muqaddas devorni egallashdi.
– 1981 – Isroil havo kuchlari Osirakdagi Iroq yadro reaktorini bombardimon qildi va uni butunlay yo’q qildi.
– 1991 – Ukraina SSR Oliy Kengashi o’z hududidagi ittifoqdosh korxonalarni respublikaga qayta bo’ysundirish to’g’risida qaror qabul qildi.
– 2001 – Buyuk Britaniyada parlament saylovlari, leyboristlar ketma-ket ikkinchi marta g’alaba qozondi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1548 – Jordano Bruno – italyan mutafakkiri, faylasuf, astronom va shoir.
– 1794 – Pyotr Chaadayev – rus faylasufi, yozuvchi, jamoat arbobi.
– 1829 – Nikolay Fyodrov – mutafakkir, utopik tizim yaratuvchisi, rus kosmizmi asoschisi.
– 1848 – Pol Gogen – Fransuz rassomi, grafikachi, haykaltarosh, postimpressionizm vakili.
– 1862 – Filipp Lenard (1947) – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1905).
– 1868 – Charlz Renni Makintash – ingliz arxitektori, dizayner va illyustrator.
– 1877 – Charlz Barkla (1944) – ingliz fizigi,  Nobel mukofoti sohibi (1917).
– 1896 – Robert Malliken (1986) – amerikalik kimyogar, professor, Nobel mukofoti sohibi (1966).
– 1911 – Melvin Kalvin (1997) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1961).
– 1924 – Xurshida Yanboyeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, terapevt-kardiolog,professor.
– 1928 – Rasulqori Hofiz Mamadaliyev (1976) – xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi.
– 1942 – Muammar Kaddafiy (2011) – liviyalik harbiy va davlat arbobi.
– 1952 – Orxan Pamuk – turk yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2006).
– 1970 – Kafu – braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1994, 2002).
– 1981 – Anna Kurnikova – rossiyalik tennischi, fotomodel.
– 1986 – Gyluk’oza (Natalya Ionova) – rossiyalik pop-qo‘shiqchi, aktrisa.
– 1989 – Xushnud Xudoyberdiyev – Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri.
– 1997 – Davlat Bobonov – oʻzbek dzyudochisi, 90 kg vazn toifasida, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

(Visited 64 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim