(Ўзбекча) Alifbe bayrami tadbir senariy

Sorry, this entry is only available in Uzbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Zal bayramona ruhda bezatilgan:

Zalga 4- sinf o’quvchisi  kirib kelib, bayram dasturini boshlaydi.

– Osmon uzra kamalak
Eshiting qiziq ertak
Bor ekan bir majmua
Sergeli tumanida
Rahbari Xamit ota –
Bag’ri keng, ko’ngli toza
Qo’l ostida ishlarkan
Ustozlar, murabbiylar
Tinmay mehnat qilarkan
Majmuada barchalar.
Shu majmua qoshida –
Gavxar opa bag’rida
O’qir quvnoq o’g’il-qiz
Misoli ko’kda yulduz.
A’lo o’qish, yozishga
Sarf etarlar bor kuchin.
Ustozlari mehnatin
Oqlash ularning burchi.
Bugun bayram, tantana
“Savodxonlik” kechasi
Olgan bilim, o’gitin
Ko’rsatarlar barchasi.
To’g’ri o;qish, yozishni,
Ham qo’shish, ayirishni,
Sher aytish va kuylashni,
Intizomli bo’lishni
O’rgandilar uch oyda
Har bir qiz-o’g’il bola.
Ushbu kun ularning barchasi
Mo’jiza yaratarlar,
Barchani o’zlariga
Lol qilib qaratarlar.

«А ну-ка, девочки!» сценарий

– Azizlar, kelinglar sizlarning qarsaklaringiz ostida majmuamizning, ya’ni, bizning davomchilarimiz bo’lgan – 1-“A” sinfining “Savodxonlik” bayramiga taklif qilsak.
– Marhamat!

Qarsaklar ostida 1-“A” sinf o’quvchilari zalga kirib kelib,
o’z joylarini egallaydilar.

– Xonzoda
– Bugun qarang majmuamiz,
Bezanibdi yana ham go’zal.
Bugun bayram, katta tantana,
Barchamizga to’y shodiyona.
– Zarina
– Bugun do’stlar savodxonlik bayrami
Shodlik bilan o’tsin elim har dami.
O’zbek elim – bolajon el, tanti el,
Xizmat qilay to’ylarida bog’lab bel.
– Xonzoda
Bugun esa maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola.
– Zarina
Ustozlar o’gitin,
Dilimizga joyladik.
Dilda hayajon bilan,
Bayramimizni boshladik.
Musiqa yangrab, qarsaklar chalinadi.
– Zarina
– Katta-kichik barchangizga,
Yo’llagaymiz biz salom,
Ta’zim sizga, hurmat sizga,
Deymiz salom-assalom.
– Xonzoda
– Xush kelibsiz ey aziz,
O’qituvchi, ustozlar.
Onajon-otajonlar,
Avvalo hammangizga
Assalomu-alaykum!
– Zarina
Ijozatingiz bilan bugungi bayramimizni “ochiq” deb e’lon qilamiz
Madhiya yangraydi.
Kichik guruh tarbiyalanuvchisi Fayzulloh va Sarvinoz she’r aytadilar:
– Fayzulloh
– Islom bobom ta’kidlab,
Yilni bizga atadi.
Sog’ bo’lsin deb nabiram,
Hammamizni ardoqladi.
– Sarvinoz
– Yangi yilda barchamizga
Vazifalar juda ko’p.
Xursand etib hammani
Yutuqlar bo’lar mo’l-ko’l.
So’ngra beshta o’quvchi chiqib, she’r aytishadi:

Cценарий мероприятия для месячника русского языка.

– Mirjahon
– Alifbeni tugatdim
Endi o’qiy olaman
So’zlarni qo’shib birga
Jumla to’qiy olaman.
– Malika
Harflarni tanidim,
Yetib oldim siriga
So’zlar tuzsa bo’larkan
Birin qo’shib-biriga.
– Shoxjahon
– Qancha unli, undosh bor,
Hammasini bilaman,
To’plab bilim, zehnimni,
Sizni xursand qilaman
– Sarvinoz
– A’lo o’qish vazifam
Tolmayman o’rganishdan.
Olimlar ham ilmni
Boshlagan “Alifbe”dan.
– Mohinur
– Rahmat aziz ustozim,
Mehringiz dilimizda
Yoshlikda olgan bilim
Nur sochar yo’limizda
Ashula va raqs
To’rtta boshqa o’quvchilar chiqib, yana she’r aytadilar.
– Shaxzod
– O’stirdingiz onajon,
Oq yuvib, oppoq tarab,
Sho’x bulbulday sayrayman,
Zavq bilan yayrab, yayrab.

– Nodira
– Ichga sig’mas quvonchim
Maktabim bag’rin ochdi
Alifbejon kitobim,
Oftob kabi nur sochdi.
– Firdavs
– Alifboni yod oldim,
Harflar tilsim go’yo.
Ona, bola, Vatan, non,
Mazmuni Ungsiz dunyo.
– Moxibonu
– Murg’ak qalbim angladi,
Bitmas ustoz she’rini.
Yuragimda joyladim,
Vatan. Ona mehrini.
– Xonzoda
– Ma’noli shirin so’zi
Oftobday nurli yuzi
Bilmaysizmi bolalar
Qani “Alifbe” o’zi?
– Zarina
– Do’stlar! Qani endi davramizga kimni chorlaymiz?
– Hamma
– Alifbeni
– Bexzod
– Kitoblarning bobosi,
Yo’l boshlovchi donosi.
Har yurakka nur ziyo
Taratish muddaosi
“Ilm ista” – xitobi
Bu – “Alifbe” kitobi.
– Malika
– U borki, yo’llar ravon,
Oshamiz bir-bir davon.
Borayapmiz mardona
Bilimlar yurti tomon
“Ilm ista” xitobi.
Bu – “Alifbe” kitobi!
– O’quvchilar:
– Alifbejon, kel tezroq,
Do’stlaring senga mushtoq
Alifbe kitobi:
Salom aziz mehmonlar,
Shirin-shakar bolalar.
Bugun bayram tantana,
“Alifbe” to’yi bilan sizlarni tabriklayman.

1-Oktyabr bayram tadbiri senariysi

– Izzatilla
– Bugun sizga ko’rsataylik,
Maktabning bor ma’nosini.
Harflarni jamlovchi,
Alifbe muddaosini.
– Go’zal
Chindan qadrdon bo’lding,
Sen – Alifbe kitobim.
Ko’zga go’yo nur bo’lding,
Charaqlagan oftobim!
– Hamma: Senga dildan tashakkur
– Alifbe kitobi:
– Aziz bolajonlar! Siz mendan nimalarni o’rgandingiz?
– Imron
– Eng avvalo assalomni,
Tildan chiqqan kalomni
Joyni bilib so’zlashni
Yaxshilikni ko’zlashni.
– Maftuna
– Dunyoning yorug’ligini
Ulug’ekan oftobni
Vatanning qutlug’ligini
Aziz ekan kitobni.
– Alifbe kitobi
– Balli ey dili oqlar,
Fan bilimga chaqqonlar
Minnatdorman sizlardan
Baxtli o’g’il-qizlardan.
– Xonzoda:
– Birin-ketin tikib ko’z,
– Harflar aytmoq istar so’z!
– “A”-Zarina
– Assalom avvalo aziz jonalon,
Alla aytib katta qilgan onajon!
– “B” – Xonzoda
– Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!
– “D” – Mirjahon
– Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!

– “E” – X.Shoxrux
– Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti – mening baxtimdir abad.
– “F” – Sarvinoz
– Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.
– “G” – Shoxjahon
– Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!
– “H” – J.Malika
– Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt
– “I” – Izzat
– Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
– “J” – Maftuna
– Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.
– “K” – M.Shoxrux
– Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
– “L” – Nodira
– Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.
– “M” – Muhammadiyor
– Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.
– “N” – Mohimbonu
– Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.
– “O” – Imron
– Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.
– “Y” – Mohinur
– Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 18 yoshga to’libdi.
– “P” – Diyor
– Poytaxtim – Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon – O’zbekistonim!
– “Q” – Malika
– Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.

– “R” – Said
– Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston
– “S” – Firdavs
– Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor
– “T” – Angbin
– To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.
– “U” – Behzod
– Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.
– “V” – Komila
– Vatanim, volidam va tanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
– “X” – Samandar
– Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shod uchar moviy osmonda.
– “Z” – Dilafruz
– Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.
– “O’” – Shorustam
– O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.
– “G’” – Nigora
– Guruhla g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.
– “Ch” – Rabbimqul
– Chamanning chiroyli guli o’zingiz
Ustozim! Duru-gavhar har bir so’zingiz.
– “Sh” – Sherzod
– Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.
– “Ng” – Go’zal
– Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.
– “ ’ “ tutuq belgisi – Muhammadiyor
– Kimning kelsa bilgisi,
Menman tutuq belgisi.
– Komila
– Do’st qadrdon alifbo,
Seni o’qib yayradik .
Sendagi harflarni,
Dilimizga joyladik.
– Muhammadiyor
– Sensan mening birinchi
Buyuk ona kitobim,
G’urur bo’lgan qalbimda
Jonajonim oftobim.
– “Alifbe” – kitobi
– Bolajonlar siz mendan
Ko’p narsalar bilibsiz
Bilim to’la konimdan
Duru-gavhar teribsiz.
Fursat yetdi siz bilan
Hayrlashib ketaman.
Do’stim o’qish kitobni
Endi taklif etaman.
– Bolalar:
– Hayr “Alifbe”jonim,
Rahmat yo’llab qolamiz,
Omon bo’lgin biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz.
– “O’qish” kitobi musiqa sadolari ostida kirib keladi:
– Salom aziz bolalar
Chiroyli gul bolalar
Menchi “O’qish” kitobman
Nur sochgan oy-oftobman.
Yoningizga keldim men
Kerakligim bildim men.
– Bolalar:
– Kitobim xush kelding sen
Dilni xushnud etding sen.
– “O’qish” kitobi:
– Bolajonlar yuzimni
Iflos qilib qo’ymangiz.
Yirtib zar varag’imni,
Ko’p uyatga qolmangiz/
– Bolalar:
– Kitobim bo’l xotirjam
Ozor bermaymiz hech ham.
– “O’qish” kitobi:
– Men bir chuqur quduqman,
Limmo-limdir suvlarim.
Qonib-qonib ichsangiz,
Bahoingiz – “5” do’stlarim!
– Angbin
– Ey kitobjon tashnamiz,
Tinchlik zilol suvingga
Seni kutar chanqoq dil
Oq poyondoz yo’lingga.
– “O’qish” kitobi:
– Shunchaki o’qish
Qilmas kifoya
Diqqating jamlab,
O’qigin uqib.
Har yer, har joydan
O’qima cho’qib.
– Hamma:
– Xo’p bo’ladi kitobim,
Xotirjam bo’l oftobim.
– Xonzoda
– Rahmat! Aziz mehmonlar!
– Mana o’zingiz guvohi bo’lganingizdek, biz hozirgina “O’qish” kitobi bilan ham tanishib, do’stlashib oldik.
– Zarina
– Endi navbat bayramimizning badiiy qismiga!
Marhamat, tinglab, tomosha qiling.
– X. Shoxrux
– Bo’cha-yu, maktab bizda,
Kamyobdir o’lkamizda.
O’qir quvnoq o’g’il-qiz,
Misoli ko’kda yulduz.
– Dilafruz
– Barchalari idrokli,
Kelajakda yaroqli
Muxandis, olim bo’lar,
Harflarni zo’r bilar.
– Sherzod
– Bugun bayram marhamat,
Hursand qilamiz faqat.
Tabrik she’rlar o’qiymiz,
Dilga mehr ulaymiz.
– Nigora
– Tantana ochiq do’stlar,
Yo’qolsin kam-u-ko’stlar.
Navbat soz, muziqaga
Raqsga tushaylik birga
– Bayram dasturi ketadi

– Xonzoda
– Hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar – bizlarga ilk bor qo’limizga qalam olib, 3 oy mobaynida chaqqonlik va bilimdonlik bilan o’qish va yozishni o’rgatgan ustozlarga va
– Zarina
– Bizga shunday zo’r sharoitlarni muhayyo qilib bergan, ustozlarimizning sarboni Xamit otajonomizga o’z dil so’zlarimizni she’riy misralar orqali izhor etmoqchimiz.
– Xonzoda
– Marhamat tinglang, aziz ustozlar:
– Said –direktorga:
– Bog’chani maktab qilgan,
Ish deya kuyib-pishgan
Bag’ri keng, ko’ngli toza,
Hammaga bo’lar doda.
Doim bo’ling salomat
Sizga tilaymiz omad,
Direktorga ming rahmat!
– Mohinur – zavuchga
– Maktab – bog’cha – majmua,
Sizsiz unda volida
Tinim nima bilmaysiz,
Erta-yu – kech tinmaysiz.
Bo’ling doim salomat
Ilmiy mudirga rahmat!
– I.Malika – Gavhar opaga
– Ustoz so’zi ulug’ nom,
Sizga doim ehtirom
Onamizday bo’lasiz,
To’g’ri yo’lga boshlaysiz.
Dars qilmasak koyiysiz,
Lekin yaxshi ko’rasiz.
Gavhar opa ming rahmat
Siz sevgan gul marhamat!
– Rabbimqul – Hilola opaga
– Hilola opam tarbiyachi,
Har sohani o’rgatuvchi
Kirib xonaga asta,
So’zlaydilar orasta.
Dono, zukko bo’ling deb,
Epchil, tanho bo’ling deb,
Hilola opa rahmat
Gulim sizga marhamat!
– Komila – Ruxsora opaga
– Idish-tovoq chinniday,
Xo’p go’zal hanaringiz.
Biz jajji bolalarga
Pokizadir mehringiz.
Ruxsora opa rahmat,
Gulim sizga marhamat!
– Xonzoda
– “Savodxonlik” bayrami
Tugab borar shu onda
Dil so’zlari aytdik biz,
Rahmat deymiz hammaga!
– Zarina
– Ona yurtim omon bo’l,
Shudir yolg’iz tilagim
Sen uchun, Vatan uchun,
Yonib yashar yuragim!
– Xonzoda
– Xayr aziz mehmonlar,
Ota-ona ustozlar,
Barchangizga ming rahmat,
Bo’ling doim salomat!
Tumanimda ko’p maktab,
Yana ko’pdir bog’chalar.
Lekin yakka-yagona,
Hamma:
Budir bizning – majmua!
E’tiboringiz uchun katta rahmat, tabrik uchun so’z majmuamiz rahbari, biz uchun aziz bo’lgan – Xamit Axmat dodamizga

TAMOM!

(Visited 386 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Add comment

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz