«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

🔷 1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun:
➖ bandligini ta’minlash;
➖ zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir ➖ martalik moddiy yordam berish;

🔷 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
➖ tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

🔷 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
➖ bir martalik moddiy yordam berish;
➖ zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash;

🔷 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
➖ bir martalik moddiy yordam berish;
➖ zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash;
➖ tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatish;

🔷 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
➖ ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;
➖ zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;

🔷 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
➖ bir martalik moddiy yordam berish;
➖ zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.

(Visited 128 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim