Eyfel minorasi haqida faktlar bilan tanishing
🔹Eyfel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasidir.
🔹 Oʻz konstruktori Gustave Eyffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur obyektidir.
🔹Parij ramzi hisoblanadigan Eyfel minorasi 1887-yilning yanvar oyida qurila boshlagan bo‘lsa, 1889-yil 30-martida yakunlangan.
🔹Shakllarning har biri aniq, xavfsiz va chidamli bo‘lishi uchun 12 mingta metall detallar ishlatilgan.
🔹 Inshoatni tiklash va boshqa xizmatlar uchun 7,8 million frank sarflangan. (https://t.me/Kun_tarixi_TV24)
🔹Binoning balandligi 324 metr, og‘irligi esa 10100 tonnani tashkil qiladi.
🔹Toʻrt ustun piramida holatida pogʻonama-pogʻona yaqinlashib, 190 metrlik piramida shaklini beruvchi ustunni ifodalagan.
🔹Uchinchi platformada 300 m balandlikdagi maydonda gumbazli mayoq mavjud.
🔹Minoraga 1792 pogʻonadan iborat zinalar va lift olib chiqadi.