(Ўзбекча) Ibratli hikoya – “Yoningdaman”

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Ota-ona farzandini yozgi ta’tillarda ko‘pincha buvisinikiga olib borib turishardi. Bola biroz ulg‘aygach ota-onasiga shunday debdi:

– Men endi kattaman, nega menga kichkinaday qaraysiz? Buvimnikiga o‘zim borolaman!

Qisqa tortishuvdan so‘ng ota-ona rozi bo‘ldi.

Mana ular vokzalda o‘g‘lini kuzatishar, so‘nggi maslahatlarini berishar, o‘g‘il bo‘lsa, ha deb, takidlardi:

– O‘zim bilaman, bilaman, 100 marta aytdilaring shuni…!

Shunda otasi debdi:

– O‘g‘lim, o‘zingni yomon his qilsang yoki qo‘rqsang, mana bu senga. – va farzandini cho‘ntagiga nimanidir solib qo‘yibdi.

Mana bola vagonda o‘tirar, derazadan nimalarnidir tomosha qilib ketardi. Atrofda begona insonlar turtinishar, shovqin qilishar, kirishardi, chiqishardi, provodnik norozi ohangda tanbeh berdi, yana kimdir unga norozi qarab qo‘ydi va birdan bola o‘zini behuzur his qila boshladi, har safar noxushroq va mushkulroq. Mana u qo‘rqa boshladi. U boshini egdi, burchakka biqinib oldi, ko‘zidan yosh oqa boshladi. U cho‘ntagida otasi berib yuborgan nimadir borligini esladi. Qaltiragan qo‘llari bilan paypaslab qanaqadir qog‘oz parchasini oldi, uni ochib o‘qidi:

– O‘g‘lim, men qo‘shni vagondaman.

P.S. Hayotda ham shunaqa, biz farzandlarimizni ISHONCh bilan QO‘YIB YUBORISHIMIZ va ular qo‘rqmasliklari uchun HAMISHA qo‘shni vagonda bo‘lishimiz lozim.

Toki hayotmiz – yonlarida bo‘lishimiz lozim.

P.S. Agar biror narsa bo‘lsa, men HAR DOIM qo‘shni vagondaman. Shuni unutma. Har qanday vaziyatda men faqat sen tarafdaman, har qanday holatda ham men yoningdaman. Shunchaki unutma.

 

Internetdan

(Visited 96 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz