(Ўзбекча) Katta yoshdagilarning qo’liga suv qo’yishni qanday foydasi bor?

Бубахшед, ин ришта танҳо дар дастрас аст Ўзбекча For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Dovud payg‘ambarning o‘ttizta o‘g‘li bo‘libdi. Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqasiga qarasa, o‘ng tomonida o‘n beshta o‘g‘li, chap tomonida o‘n beshta o‘g‘li o‘tiribdi ekan.
Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib: -O‘zimiz ham bir jamoa ekanmizku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz. Xudo xohlasa o‘ttiz o‘g‘lim bor, haq dinni butun elga o‘zim yetkazaman, degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdi.
Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishi yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida assalomu alaykum va Rahmatulloh, deb o‘ng tomonga salom berganda o‘n beshta o‘g‘li jon topshirdi. Chap tomonga salom berganda, qolgan o‘n beshta o‘g‘li bandalikni bajo keltirdi. Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radi. Rahmi cheksiz Alloh o‘ttizta o‘g‘lingni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi, deb so‘radi. Sening amring ikki bo‘lmaydi. O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin. Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas. Aytganing bo‘lsin. Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman. Mayli shunisigayam shukr, deb Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radi.
U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (obdasta), yelkasiga sochiq osib:
– O‘g‘lim sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yoshmi, qarimi hammasining qo‘liga suv quyib turgin. Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. To‘rtinchi marta agar mehmon so‘rasa quyasan. Ota nega uzib quyishim kerak? Sababi o‘likni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da o‘g‘lim. Ikkisini farqi bor, – deydi.
Dovud payg‘ambarga kelgan yosh qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga yuzga kir bolam, qo‘ling dard ko‘rmasin, katta olim bo‘lgin, podsho bo‘lgin, umring uzoq rizqing butun bo‘lsin, deb rahmatlar aytardi. Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi. U paytlarda bolasi to‘qqizga to‘lgach uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi.
Lekin Allohning bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman, degani Dovudning esida edi. Bir kuni Dovud payg‘ambar saharda Allohni zikr qilib o‘tirib, Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa bolani unashtirish lozimligini aytdi.
Shunda Xaq Taolo mening ismlarimdan biri Xalqdur. Minglab odamlar sening bolangga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman. Sulaymon uzoq umr ko‘radi, U barcha yerdagi mahluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, deb javob berdi.
Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb Xudoyi marosimlarida, to‘ylarda ularga suv quydirib qo‘yadigan urf-odat paydo bo‘libdi.
Shuning uchun azizlar, bu urf- odatlarimizni davom ettiraylik. Jo‘mrakda suv oqib turibdi yuvishaveradi yoki ana umivalnik turibdiku obdastani nima keragi bor, demaylik. Bu urf- odatlarimizning fayzi, barakasi boshqa. Albatta, bobolarining qo‘liga suv quyib, duosini olib o‘sadigan bo‘lsa, bolalarimizning umri uzoq va rizqlari butun bulishiga ishonchimiz komil.

 

Foto: www.ecomena.org

Manba: Solixa Ayol

(Visited 60 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Comment

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz