Marii Montessori – farzand haqida 19 eslatma

Marii Montessori – farzand haqida 19 eslatma

1. Bolalar atrofidagilardan o’rganadi.

2. Agar bola tez-tez tanqid qilinsa, u ta’na qilishni va  ayblashni o’rganadi.

3. Agar bolani tez-tez maqtashsa, u baho berishni va  qadrlashni o’rganadi.

4. Agar bolaga adovat namoyish qilinsa, u urishishni o’rganadi.

5. Agar bola bilan rostgo’y va vijdonli bo’lsangiz, u haqqoniylikni o’rganadi.

6. Agar bolani tez-tez masxara qilishsa, u qo’rqoqlik va jur’atsizlikni o’rganadi.

7. Agar bola xavfsiz yashasa, u ishonchni o’rganadi.

8. Agar bolani tez-tez sharmanda qilishsa, u o’zini aybdor his qilishni o’rganadi.

9. Agar bolani tez-tez qo’llab-quvvatlashsa, u o’ziga yaxshi munosabatda bo’lishni o’rganadi.

10. Agar bolaga tez-tez muruvvatli bo’lishsa, u sabrli bo’lishni o’rganadi.

11. Agar bolani tez-tez ruhini ko’tarib tursangiz, uni o’ziga ishonchi shakllanadi.

12. Agar bola ahil muhitda bo’lsa va o’zini kerakligini his qilsa, u bu dunyoda mehr-muhabbat topishni o’rganadi.

13. Bola haqida yomon gaplar gapirmang, uning yonida ham, u yo’qligida ham.

14. Bolada yaxshi hislatlar rivojlanishiga asosiy e’tiboringizni qarating, shunda yomon hislatlarga o’rin qolmaydi.

15. Sizga murojaat qilgan bolani doim tinglang va unga javob qaytaring.

16. Xato qilgan bolani hurmat qiling, shunda u xatosini albatta tuzatadi.

17. Izlanayotgan bolaga yordam berishga tayyor turing,  allaqachon o’zi eplayotgan bolaga esa halal bermang.

18. Bolaga o’zlashtirmagan narsalarini o’zlashtirishiga yordam bering. Bu ishga mehr, bosiqlik, xotirjamlik va muhabbat bilan yondashing.

19. Bola bilan muloqotda o’zingizni juda yaxshi tuting, unga o’zingizdagi eng ezgu narsalarni tortiq qiling!

(Visited 82 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz