So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi.
Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?» (lekin ta’lim sifati hozircha ko‘pchilikni qiziqtirmaydi)
Hozir sizga qaysi OTMning diplomi bizda o‘tish yoki o‘tmasligini birovlardan so‘ramasdan ham mustaqil aniqlashning oson yo‘lini o‘rgatmoqchiman.
Vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy saytida lisenziya olgan xususiy OTMlar ro‘yxati bor:
https://tdi.uz/uz/page/nodavlat-oliy-ta-lim-tashkilotlari
Biror yangi OTM e’loniga duch kelsangiz, mana shu sahifaga kirib, ro‘yxatdan tekshirib ko‘ring.
Bugungi kunda 34 ta nodavlat/xususiy OTMda lisenziya bor. Agar biror qing‘ir ishi uchun sud qarori orqali faoliyati to‘xtatilmasa yoki lisenziyasi qaytarib olinmasa, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.