O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori (https://lex.uz/docs/-5641270)ga 8-bandiga ko’ra, Ta’lim tashkilotlarining quyidagi pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to’g’ridan-to’g’ri (attestasiyadan o’tkazilmasdan) beriladi:
❇️ Tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi);
❇️ Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi);
❇️ xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o’qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi);
❇️ xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi).
❇️ OLIY MALAKA TOIFASIGA (bosh o‘qituvchi lavozimiga) EGA BO’LGANDAN SO’NG oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 YIL DAVOMIDA saqlab kelgan va UZLUKSIZ ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi)
❇️ Pedagogik faoliyati bo’yicha 25 YIL va undan ko’p stajga ega bo’lgan va yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko’p bo’lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga ularning AMALDAGI malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.