(Ўзбекча) Sofiya shahri haqida ma’lumot — Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Sofiya shahri haqida ma’lumot

Извините, этот техт доступен только в “Ўзбекча”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Sofiya — uzoq tarixga ega shahar. U yetti ming yil oldin tashkil etilgan va Yevropadagi ikkinchi eng qadimgi shahardir.
1877-78-yillardagi rus-turk urushi natijasida Bolgariya turk istilosidan ozod qilindi.
Davlatga poytaxt kerak edi. Sofiya eng ishonchli nomzodlar qatorida edi.
Shahar joylashuvining strategik afzalliklari davlat poytaxtini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
1879-yil 3-aprelda Tırnovo shahrida yig’ilgan Buyuk Xalq Yig‘ini Sofiyani Bolgariyaning asosiy ma’muriy, siyosiy va ijtimoiy markazi deb belgilagan aktni qabul qildi.
Shunday qilib, bu qaror Sofiyani yangi ozod qilingan Bolgariya davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Shahar va davlatning birgalikda juda tez qurilish va rivojlanish davri boshlandi. 1900-yilda shahar rahbariyati Sofiyaning gerbi va shiorini e’lon qildi: «U o’sadi, lekin qarimaydi».
Bugungi kunda Sofiya Bolgariyaning yirik iqtisodiy, ilmiy, tarixiy va madaniy markazidir.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @uzteacheren