Talabalar haqida qiziqarli ma’lumotlar

#1. Yaponiyalik talabalar imtihonga shokolad bilan keladilar va imtihondan oldin uni o’qituvchini oldiga qo’yadilar. Yapon yoshlari shokolad imtihon vaqtida omad keltirishiga ishonishar ekan.

#2. Nantes shahrining universitetlaridan birida maxsus uxlash xonasi mavjud. Talabalar dars vaqtida uxlamasliklari uchun “uyqu xonasi” tashkillashtirilgan. Mazzami? Talabalar uyqulari kelib qolsa, “uyqu xonasi” ga borib bemalol “xurrak”ni otaveradilar.

#3. Dunyodagi ko’pgina davlatlarning talabalari Frankenshteyn deganda hayollariga qo’rqinchli maxluq keladi. Aslida esa yozuvchi Meri Shelli o’zining “Frankenshteyn yoki zamonaviy Prometey” romanida qahramonni Viktor ya’ni Frankenshteyn deb atagan u esa yosh olim talaba bo’lgan. Maxluq esa “Monstr” ismida bo’lgan.

#4. Ispaniyaning Slamanka nomli universitetidagi talabalar imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun universitetning binosiga tushurilgan mukammal bezakning ichida qurbaqa shaklini topishga harakat qiladilar.

#5. Vetnamda maktab o’quvchilari va talabalarni imtihondan avval banan yeyishga ko’ndirib bo’lmas ekan. Vetnamliklar bananni juda silliq deb hisoblashar ekan, bu esa “sirg’anish” ma’nosi bilan bir bo’lib, “muvaffaqiyatsizlik” so’ziga mos kelar ekan.

#6. Xorijning ko’pgina universitetlarida yana bir g’alati odat mavjud ekan. Bu “ibtidoiy qichqiriq” deb nomlanuvchi odatida, talabalar tashqariga chiqishib 5 daqiqadan 10 daqiqagacha qichqirishar ekan. Ta’kidlashlashlaricha, bunday mashq sessiya vaqtida ortiqcha hayajon va kuchlanishni bartaraf etishga yordam berar ekan.

#7. “Student” (Talaba) so’zi ilk marotaba Rim shoiri Ovidiy tomonidan ishlatilgan. Lotin tilidan tarjima qilganda ma’nosi qattiq ishlaydigan shaxs va qattiq ishlamoq ma’nolarini beradi.

#8. Dunyodagi eng uzun “shpargalka” 600 metrga teng bo’lib talabalar uni yaratish uchun 16 soatni sarflaganlar.

#9. Universitetdan berilgan eng qisqa tavsiyanomani matematik talaba Djon Nesh olgan. Djon Nesh “Tafakkur o’yini” filmidagi qahramonning prototipidir. Tavsiyanomada “Bu inson daho!” deb yozilgan edi.

#10. Yel universiteti talabalari imtihonlardan oldin yalang’och holda poyga tashkil etishadi.

 

Material quyidagi manbadan tarjima qilindi va tayyorlandi

(Visited 13 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz