Tuxmat uchun qanday jazo bor?

❗️TUXMAT QILGANLIK UCHUN QANDAY JAZO BOR?

❌ O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra har qanday holatda ham shaxsni haqorat qilish, unga tuhmat qilish taqiqlangan. Bu huquq hech kimga berilmagan.

❗️Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kodeks 40-moddasida Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yilgan.

❗️Endi qarang! agar yuqoridagi qilmishlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qo‘llanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)

https://t.me/yuridikmaslaxati

(Visited 90 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz