Ingliz tili zamonlar tushunchasi va zamonlar

ingliz tilida zamonlar

Dars #1. Dunyodagi deyarli barcha tillarda zamon kategoriyasi mavjud. Ingliz tilida zamon tushunchasi “tense” atamasi bilan ifodalanadi.  Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug’atida ‘tense’ – zamon so’zi quyidagicha izohlangan: 

– tense – a form of verb used for showing when something happens. For example, ‘I goʻ is the present tense and ‘I went’ is the past tense.

– Demak, zamon- bu biror ish-harakatning qachon sodir boʻlganligini koʻrsatadigan fe’l shaklidir, Masalan “Men boraman” – bu hozirgi zamon, “Men bordim” esa oʻtgan zamondir.

!!!Qisqasi, zamon ish-harakatning qachon bajarilishi, bajarilganligi yoki bajarilayotganligini bildiradi.

! Ish-harakat qachon bajarilayotgani yoki bajarilganiga qarab oʻzimizga kerak boʻlgan grammatik qoliplarni, ya’ni zamonlar shakli (hozirgi, o’tgan, kelasi) tanlaymiz.

* Ingliz tilida zamonlar 4 ta katta guruhga boʻlinib oʻrganiladi:

1. Present Tenses: (Hozirgi zamonlar guruhi):

-Present Continuous Tense

-Present Simple Tense

-Present Perfect Tense

-Present Perfect Continuous Tense

 

2. Past Tenses (Oʻtgan zamonlar guruhi):

-Past Continuous Tense

-Past Simple Tense

-Past Perfect Tense

-Past Perfect Continuous Tense

Ingliz tilida o’tgan zamondagi oddiy kelasi zamon

3. Future Tenses (Kelasi zamonlar guruhi):

-Future Continuous Tense

-Future Simple Tense

-Future Perfect Tense

-Future Perfect Continuous Tense

 

4. Future in the Past Tenses (Oʻtgan kelasi zamonlar guruhi)

-Future Continuous in the Past Tense

-Future Simple in the Past Tense

-Future Perfect in the Past Tense

-Future Perfect Continuous in the Past Tense

 

!!!E’tibor bergan boʻlsangiz, har bir zamon guruhidagi zamonlarda harakatning qay tarzda bajarilishini ifodalashda umumiylik mavjud:

* continuous – davomiy zamonlarda ish-harakatning davomiyligi ta’kidlanadi.

-I am working – Men ishlayapman. (Present continuous)

-I was working –  Men ishlayotgan edim. (Past continuous)

-I will be working – Men ishlayotgan bo’laman. (Future continuous)

 

* simple- oddiy zamonlarda ish-harakatning sodir boʻlishi yoki boʻlganligi ta’kidlanadi.

-I work every day– Men har kuni ishlayman. (Present simple)

-I worked yesterday – Men kecha ishladim.(Past simple)

-I will work tomorrow – Men ertaga ishlayman. (Future simple)

Ingliz tilida o’tgan zamondagi kelasi tugallangan davomiy zamon

* perfect  – tugallangan oddiy zamonlarda ish-harakatning tugallanganligi va natijasi mavjudligi ta’kidlanadi.

-I have finished the book – Men kitobni tugatdim. (Present perfect)

-I had finished the book – Men kitobni tugatgan edim.(Past perfect)

-I will have finished the book – Men kitobni tugatgan bo’laman. (Future perfect)

 

* perfect continuous – tugallangan davomiy zamonlarda ish-harakatning qancha muddat davom etganligi ta’kidlanadi.

-I have been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayapman.(Present perfect continuous)

-I had been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayotgan edim. (Past perfect continuous)

-I will have been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayayotgan bo’laman.(Future perfect continuous)

 

Dars #2.  Present Continuous tense

▪️Present Continuous Tense – hozirgi davomiy zamon odatda ayni paytda sodir bo’layotgan ish-harakatlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi.

▪️Gapda egadan keyin am/is/are yordamchi fe’llari va asosiy fe’lga ‘-ing’ qoʻshilgan holda qoʻllaniladi.

 

▪️Positive form:

-I am working.

-He/she/it is working.

-We/you/they are working.

 

▪️Negative form:

-I am not  working.

-He/she/it is not  working.

-We/you/they are not working.

 

▪️Question form:

-Am I  working?

-Is he/she/it  working?

 

-Are we/you/they working?

 

Dars #3. Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari:

1. Ayni paytda sodir bo’layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo’llaniladi.

▪️Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo’lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi.

-Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapdi.)

-Take away the crib! The teacher is looking at you.

-Listen! The way he is singing is quite wrong.

Ingliz tilida o’tgan zamondagi kelasi tugallangan zamon

2. Ba’zan ish-harakat ayni paytda sodir bo’lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin.

▪️Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:

-Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo’yicha).

▫️Ann: What are you doing these days, Tom?

▫️Tom: You know, I am preparing for my exams.

!Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan.

▪️Yana misollar:

-I am learning English nowadays.

-What is Tom doing for living?

 

3. Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi.

-I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.)

-Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.)

 

4. Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi.

▪️Quyidagi fe’llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi.

▫️get ▫️change ▫️become ▫️increase   ▫️rise ▫️fall ▫️grow ▫️begin ▫️start     ▫️improve

-The population of the world is  rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib bormoqda.)

-Is your English getting better?

-The number of people without jobs is  increasing.

 

5. Hozirgi zamon davom fe’li odatda quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:

▫️now ▫️today ▫️this month ▫️still

▫️at the moment▫️ this week ▫️this season  ▫️for the time being ▫️nowadays ▫️these days  ▫️day after day

-We are still waiting for the train.

-Tom is having a bath at the moment.

-I am meeting a lot of people today.

-We are learning Japanese this year.

 

Dars #4. Present Simple tense

▪️Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻladigan, oʻzgarmas yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

▪️Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe’l ishtirok etadi.

 

▪️Positive form:

-I work.

-He/she/it works.

-We/you/they work.

 

▪️ Negative form:

-I do not  work.

-He/she/it does not  work.

-We/you/they do not work.

 

▪️ Question form:

-Do I  work?

-Does he/she/it  work?

-Do we/you/they work?

 

!Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi. Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.

-He works, she goes, it washes

 

▪️Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.

-He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.

-Does he work? Does she go? Does it wash?

 

Dars #5. Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:

1.  Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.

-I go to work by bus every day.

-She always gets up at 6 oʻclock.

-Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.

 

2. Dunyoda har doim haqiqat boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.

-The sun rises in the east.

-Cats live on mice.

-Water boils at 100ᵒC.

-Carpenters make things of wood.

-When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.

 

3. Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va’da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda  qoʻllaniladi.

-I promise I won’t be late.

-What do you suggest I do?

-He insists that we should come with him.

 

4. Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:

▫️always  ▫️usually  ▫️often  ▫️sometimes▫️rarely

▫️never▫️hardly ever▫️frequently▫️occasionally▫️seldom

▫️all the time

▫️every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year

-Jim always gets up at 6 oʻclock.

-He never lies to his parents.

-We frequently see that man on the beach.

 

!Ingliz tilida  “Why don’t you…?” birikmasi tavsiya qilish, maslahat berish uchun qoʻllaniladi.

– Why don’t you get a new job instead of lying all day?

 

!Eslatma “never” payt ravishi qoʻllanilganda yordamchi fe’llardan ‘don’t/doesn’t’ qoʻllanilmaydi.

-He never lies to his parents. (U ota-onasiga hech qachon yolg’on gapirmaydi…toʻg’ri gap qurilmasi)

-He doesn’t never lie to his parents. (notoʻg’ri gap qurilmasi)

 

▪️Yuqoridagi holat ‘no/nobody/no-one/nothing/nowhere/neither/seldom/rarely/hardly ever’ kabi inkor ma’nodagi soʻzlarga ham taalluqlidir.

 

▪️Nobody believes a liar when he tells the truth. (Nobody doesn’t believe… emas)

 

Dars #6. Present Simple Tense qo’llanishining maxsus holatlari: 

1. Biror ishni qilish uchun koʻrsatma (yoʻriqnoma) berish uchun:

-You mix the soup with some cream at the end to make it tastier.

-You take Bus 93 to get to the Kuyluk Market.

 

!Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin.

-Take Bus 93 to get to the Kuyluq Market.

 

2. Hozirgi zamonda oʻzlashtirma gapni ifodalash uchun:

-The book says that too much butter and milk is bad for your health.

-They say that the company is losing much of its market share.

 

3. Gazeta, jurnal va internet nashrlarida yangiliklar sarlavhalarini yozishda:

-President Obama meets his Russian colleague.

-Rebels occupy the centre of Damascus.

 

4. Sport musobaqalarida oʻyin jarayonini sharhlashda:

 

-Ozil takes the ball and passes it to Ronaldo. Ronaldo is with the ball and he makes a fantastic shot!!! GOOOAL!!!! Good job Cristiano!

 

Dars #7. Present Continuous va Present Simple Tense qo’llanishidagi o’ziga xosliklar

!Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo’lib, ularda ba’zi fe’llarning qo’llanishiga bag’ishlanadi.

▪️Mazkur ikkala zamonda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.

▪️Harakat fe’llari, oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).

▪️Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.

 

!Harakat fe’llari ingliz tilida – ‘dynamic verbs’, holat fe’llari esa – ‘stative verbs’ deb yuritiladi.

 

▪️Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.

-Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)

-Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)

 

▪️Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.

-I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)

-He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)

 

Dars #8. Ingliz tilida eng keng tarqalgan holat fe’llari: 

!Quyidagi fe’llarni juda yaxshi esda saqlab qolish lozim, chunki ingliz tilida holat va harakat fe’llarini farqlay olish, barcha zamonlarni to’g’ri qo’llashda asqotadi.

 

▫️be – bo’lmoq ▫️want – xohlamoq ▫️need -muhtoj bo’lmoq ▫️prefer – afzal ko’rmoq ▫️like – yoqtirmoq ▫️love – sevmoq ▫️hate – nafratlanmoq ▫️belong – tegishli bo’lmoq ▫️!appear – ko’rinmoq ▫️imagine – tasavvur qilmoq ▫️exist – mavjud bo’lmoq ▫️!look – ko’rinmoq ▫️!see – ko’rmoq ▫️hear – eshitmoq ▫️resemble – o’xshamoq ▫️!fit – to’g’ri kelmoq▫️own -egalik qilmoq ▫️possess – egalik qilmoq ▫️owe – qarz bo’lmoq ▫️depend – bog’liq bo’lmoq ▫️adore – qattiq sevmoq ▫️dislike – yomon ko’rmoq ▫️suit – mos kelmoq ▫️involve – o’z ichiga olmoq ▫️know – bilmoq ▫️believe – ishonmoq ▫️suppose – taxmin qilmoq ▫️mean – ma’no anglatmoq ▫️understand – tushunmoq ▫️remember – eslamoq ▫️notice – sezmoq, payqamoq ▫️!smell – hid taratmoq ▫️sound – eshitilmoq, tuyulmoq ▫️!taste – ta’mga ega bo’lmoq ▫️consist – tashkil topmoq ▫️!feel – his qilmoq ▫️admire – havas qilmoq  ▫️lack – yetishmaslik ▫️wish – tilamoq ▫️forget – esdan chiqarmoq ▫️seem – ko’rinmoq, tuyulmoq  ▫️!have – ega bo’lmoq ▫️!think – o’ylamoq ▫️realise – tushunib yetmoq ▫️doubt – shubhalanmoq ▫️suspect – gumonlanmoq ▫️comprise – tashkil topmoq ▫️contain – ichiga olmoq ▫️include – ichiga olmoq ▫️come from – kelib chiqmoq ▫️concern – tegishli bo’lmoq ▫️appreciate – tushunmoq, yuqori baholamoq

 

!!!Yuqoridagi fe’llarni davomiy zamonlarda qo’llash grammatik xato hisoblanadi.

 

-I am knowing the rule. (noto’g’ri)

-I know the rule. (to’g’ri)

 

 

!!!Yuqorida ba’zi fe’llarga !belgisi qo’yilgan bo’lib, mazkur fe’llarning ma’nosi o’zgarganda davomiy zamonlarda ham qo’llanishi mumkinligini bildiradi. Bu haqda keyingi darsda batafsil to’xtalib o’tamiz.

 

Dars #9. Ba’zi fe’llarning ham oddiy ham davomiy zamonlarda qo’llanishi: 

▪️Oldingi darsda ta’kidlaganimizdek, holat fe’llarining ba’zilari boshqa ma’nolarda davomiy zamonlarda ishlatilishi mumkin.

▪️feel – 1. his qilmoq, sez(il)moq (holat fe’li)

2. paypaslamoq, ushlab koʻrmoq (harakat fe’li)

-The cloth feels rough. (Mato dag’al…holat fe’li)

-The doctor is feeling Nick’s leg. (Doktor Nikning oyog’ini ushlab koʻrmoqda…harakat fe’li)

 

▪️smell – 1. hid taratmoq, hidga ega boʻlmoq (holat  fe’li) 2. hidlab koʻrmoq (harakat fe’li)

-The food smells awful. (Ovqatning hidi yomon…holat fe’li)

-The girl is smelling the flowers. (Qizcha gullarni hidlamoqda…harakat fe’li)

 

▪️taste – 1. ta’mga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. ta’mini totib koʻrmoq (harakat fe’li)

-The food tastes salty. (Ovqatning ta’mi shoʻr…holat fe’li)

-The cook is tasting the food. (Oshpaz ovqatning ta’mini tatib koʻrmoqda…harakat fe’li)

 

▪️fit – 1. mos kelmoq, toʻg’ri kelmoq  (holat fe’li) 2. oʻrnatmoq, joylashtirmoq (harakat fe’li)

-My shoes fit me perfectly. (Tufligim menga juda mos keldi…holat fe’li)

-The workman is fitting the new engine. (Ishchi yangi motorni oʻrnatmoqda…harakat fe’li)

 

▪️look – 1. koʻrinmoq (holat fe’li) 2. qaramoq (harakat fe’li)

-You look tired. (Siz charchagan koʻrinasiz…holat fe’li)

-I am looking for my keys. (Men kalitlarimni qidiryapman…harakat fe’li)

 

▪️“to have” fe’li “ega boʻlmoq” ma’nosida faqatgina oddiy zamonlarda, ya’ni Present Simple Tense’da qoʻllaniladi.

-We have six houses, five cars and one ship now. (are having… emas)

 

!!!’to have’ fe’li boshqa soʻzlar bilan birikib harakatni bildirib kelishi mumkin. Misol uchun to have a bath, to  have dinner, to have a chat, to have a rest shunday birikmalar hisoblanadi. Bu holatda ular ham davomiy, ham oddiy zamonlarda qo’llanishi mumkin.

-Tom is having a bath at the moment. (Tom ayni paytda vanna qabul qilmoqda)

-Tom has a bath every morning. (Tom har kuni ertalab vanna qabul qiladi)

 

▪️’to think’ fe’li fikr bildirmoq’ degan ma’nosida faqat oddiy zamonlarda qoʻllaniladi.

-I think your idea is the best. (Fikrimcha, sizning g’oyangiz eng zoʻri.)

 

▪️to think fe’li oʻylamoq, fikr yuritmoq degan ma’noda har ikkala zamonda qoʻllana oladi.

-I am thinking of your suggestion but I can’t make up my mind. (…oʻylayapman)

-I think about the future a lot. (…oʻylayman)

 

▪️to see fe’li koʻrmoq ma’nosida hozirgi zamonda faqat oddiy zamonda qoʻllaniladi.

-Do you see that man over there? (Anavi yerdagi odamni koʻryapsanmi?)

-I see that girl every morning. (…har kun koʻraman)

▪️to see- uchrashmoq, koʻrishmoq  degan ma’noda hozirgi davomiy zamonda, kelajakdagi rejalar uchun qoʻllaniladi.

-I am seeing the manager tomorrow. (Men ertaga menejer bilan uchrashyapman.)

 

!!!Yuqoridagi izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin yaxshi lug’at yordamida fe’llarning qaysi ma’noda ishlatilishini, holat yoki harakat fe’li ekanligini bilib olish mumkin. *Masalan, ‘to weigh fe’li tosh bosmoq, vaznga ega boʻlmoq degan ma’noda holat, oʻlchamoq, taroziga tortmoq degan ma’nolarda harakatni bildiradi.

 

▪️to be-boʻlmoq fe’li holat fe’li boʻlganligi tufayli faqat oddiy zamonlarda qoʻllanishini bilamiz.

-Peter is very helpful. He always helps his mother to do the housework. (doimo shunday yordam berishga tayyor…)

!’to be’ fe’li ba’zibir sifatlar bilan (generous, helpful, selfish, kind…) qoʻllanganda shaxsning oʻzini boshqacha tutayotganligni koʻrsatish uchun hozirgi davomiy zamon (Present Continuous Tense) da qoʻllaniladi.

-Sam is being very helpful today. He has done all the housework alone! (Sem bugun juda yordam beryapti. U bir o’zi barcha uy ishlarini bajarib tashladi.)

 

Dars #10. Ingliz tilida fe’l shakllari

▪️Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe’lning turli shakllari qo’llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning !4 ta shakli qoʻllaniladi.

 

1. Fe’lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya’ni hech qanday o’zgarish yoki qo’shimcha bo’lmaydi.

-to play, to eat, to go, to think, to work

 

2. Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.

-played, ate, went, thought, worked

 

3. Past participle (verb III) – fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.

-played, eaten, gone, thought, worked

 

4. Present participle – fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.

-playing, eating, going, thinking, working

 

!!!Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri – fe’llarning to’g’ri (Regular) yoki noto’g’ri (Irregular) fe’llarga bo’linishini ko’rib chiqamiz.

 

▪️Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya’ni! ularga qo’shimcha qo’shilishning bitta to’g’ri shakli bor.  Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)

 

▪️Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo’shimcha yoki shakl olishining !yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive – drove – driven, eat – ate – eaten, do – did – done)

 

Ma’lumotlar https://t.me/grammarnotes dan muallifning roziligi bilan olindi

(Visited 243 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz