Ingliz tilida artiklning ishlatilishi

Umumiy tushuncha

✳️ Ingliz tilida aniq artikl bitta shaklga (the) ega va u qoʻllaniladigan vaziyatlar juda koʻp. Ularni tartib bilan ketma-ketlikda koʻrib chiqamiz.

1️⃣ Bizga ma’lumki, umumiy qoidaga koʻra tinglovchiga noma’lum boʻlgan otlar uchun noaniq artikl qoʻllanadi va noaniq artikl faqat birlikdagi sanaladigan otlar oldidan kela oladi.
🔸 I saw a boy in front of your house yesterday. (Kecha uyingiz oldida bitta bolani ko’rdim – tinglovchi, ya’ni uyni egasiga qaysi bolaligi noma’lum)
✳️ Aniq artikl esa sanaladigan birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan ular aniq (tinglovchiga ma’lum) ekanligini bildirib keladi. Demak, aniq artikl uchun otning qanday shakldaligi muhim emas.
🔸That’s the boy we met last night. (Bu biz kecha uchratgan bola – tinglovchiga ma’lum bo’lgani uchun the artikli qo’yilmoqda)
🔸They’re the boys we met last night. (Ular biz kecha uchratgan bolalar – tinglovchiga ma’lum bo’lgani uchun the artikli qo’yilmoqda)
🔸I like the furniture in your room. It is beautiful. (Xonangizdagi mebel menga yoqdi – ikkala shaxs ham xonada va qaysi mebel nazarda tutilayotgani ma’lum)

2️⃣ Ikkinchi marta tilga olish – birlikdagi sanaladigan otlar nutqda birinchi marta tilga olinganda umumiy ma’noda noaniq artikl (a/an) qoʻllaniladi. Otlar ikkinchi marta va undan ortiq tilga olinganda aniq artikl (the) qoʻllaniladi, chunki endi qaysi shaxs yoki predmet nazarda tutilayotgani ma’lum bo’ladi.
🔸Yesterday I bought a newspaper and a magazine. The magazine is in my hand but I don’t know where the newspaper is.
🔸Yesterday I saw a film. The film was good but the music was bad.

3️⃣ Vaziyatdan qaysi predmet yoki shaxs aniq boʻlgan holatlarda – misol uchun, biz qayerdadir turganimizda, biz nazarda tutayotgan predmetlar hamma uchun ma’lum boʻladi va ularni biz aniq artikl bilan qo’llaymiz:
▪️ (xonada) the door/the window/the floor/the light/the ceiling/the wall/the carpet etc.
▪️(uyda) the sitting-room/ the dining-room/the kitchen/the toilet/the garden/the roof/the gate/the doorbell etc.
▪️(shaharda) the station/the airport/ the town hall /the post office/the city-centre (the centre)

⚠️ Insonlar oʻrtasida kundalik suhbatlarda ham quyidagi otlar aniq artikl bilan qoʻllaniladi:
▪️the theatre/the cinema/the bank/the supermarket/the doctor/the dentist/the chemist’s etc.

⚠️ theatre/cinema/bank soʻzlari bino, tashkilot ma’nosida umumiy ma’noda kelsa, birlikda noaniq artikl yoki koʻplikda umuman artiklsiz qoʻllanishi mumkin.
🔸Their city is far away from the capital. In fact, there isn’t a cinema or a theatre there.
🔸Tom works as a cashier in a bank.

4️⃣ the + noun of the + noun birikmasi orqali ifodalagan birikmalar – ingliz tilida of predlogi koʻpincha -ning qoʻshimchasi sifatida otlarda egalik, tegishlilik, predmetning qismini bildirib kelganda aniq artikl bilan kelgan birikma ishlatiladi.
▪️The life of Queen Elizabeth II
▪️the seventh chapter of the book
🔸The life of Napoleon was very stormy.

⚠️ Lekin yuqoridagi birikmalarni noaniq artikl ishlatilishi lozim boʻlgan a couple of/a pair of jeans/ a number of students/ a great deal of water kabi miqdorni bildiradigan birikmalardan farqlay bilish kerak.

✳️ Ingliz tilida aniq artikl qoʻllaniladigan vaziyatlarni o’rganishda davom etamiz.

5️⃣ Murakkab aniqlovchi yoki gap bilan:
✳️ Aniq artikl aniq predmet yoki shaxsni bildirib kelgan aniqlovchi gap yoki murakkab aniqlovchi bilan izohlangan otlardan oldin ham qoʻllanishi lozim.
🔸The letter I wrote to Jane never returned. (I wrote to Jane aniqlovchi gapi the letter so’zini izohlamoqda)
🔸The man standing over there is my teacher. (standing over there murakkab aniqlovchisi the man so’zini izohlamoqa)

6️⃣ Kontekst (matn)da qaysi shaxs yoki predmet nazarda tutilayotganligi aniq boʻlsa:
✳️ Ingliz tilida kontekst (matn mazmuni) degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha o’rganuvchilar uchun tushunishga biroz qiyin bo’lganligi tufayli unga izoh berib o’taman.
💡Kontekstdan ma’lum degani – bu gap (matn) muallifi nazarda tutayotgan shaxs yoki predmet unga va tinglovchiga ma’lum deganidir.
🔸The postman was late today. (har doim xat olib keluvchi pochtachi)
🔸Could you wash the car for me? (mening mashinamni)
🔸She has gone to the butcher’s. (har doim goʻsht oladigan qassob)

7️⃣ Yagona va hamma uchun ma’lum boʻlgan ot oldidan aniq artikl kelish holati:
✳️ Yagona va hamma uchun ma’lum bo’lgan ot oldidan aniq artikl qoʻllanadi, chunki nazarda tutilayotgan shaxs yoki predmet hamma uchun birdek ma’lumdir. Mazkur qoidaga binoan quyidagi otlar aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
✅ the sky
✅ the sun
✅ the moon
✅ The Milky Way
✅ the solar system
✅ the planets
✅ the galaxy
✅ the universe
✅ the climate
✅ The Greater Bear (The Lesser Bear)
✅ the Kuran
✅ the Pope
✅ the Internet (the WWW)
✅ the cosmos
✅ the globe = the world
✅ The Red Planet (Mars)

🔸 The earth goes round the sun.
🔸 The Pope visited London last week.
🔸 There are millions of stars in the sky.

8️⃣ Quyidagi otlar ham kundalik suhbatda ishlatilganda, aniq artikl bilan qoʻllaniladi:
✅ the country (-side) (shahar chekkasi)
✅ the mountains
✅ the seaside
🔸We are spending this weekend in the country and the next weekend at the seaside.

⚠️ country soʻzi davlatma’nosida artiklning umumiy qoidasi asosida qoʻllaniladi.
🔸 Peru is a small country in South America.

⚠️ Quyidagi ibora va soʻzlar bilan esa artikl qoʻllanilmaydi.
✅ on earth – yer yuzida
✅ space – kosmos, koinot
✅ to be at sea – dengizda sayohatda boʻlmoq
✅ to go to sea – dengizga sayohatga chiqmoq
🔸Ken is a seaman. He spends most of his life at sea.
🔸There are millions of stars in space.

⚠️ space – boʻsh joy degan ma’noda aniq artikl bilan qoʻllanishi yoki umumiy ma’noda ishlatilishi mumkin (artiklsiz yoki some so’zi bilan).
🔸I wanted to park my car, but the space wasn’t wide enough.
🔸We need some space.

9️⃣ the only person/the only student/the only+noun birikmalarida only soʻzi faqatgina, bittagina ma’nolarida har doim aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
🔸 John was the only person I spoke to yesterday. (Kecha faqatgina John bilan gaplashdim.)

⚠️Lekin ‘oilada yolg’iz farzand’ degan ma’noda only soʻzi noaniq artikl bilan qoʻllaniladi, ya’ni an only child sifatida.
🔸Unfortunately, I am an only child in the family.

✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida aniq artikl bilan ishlatiladi:

✅ all the same – baribir, qaramasdan
✅ keep the house – uyni boshqarmoq
✅ by the time – borib, -guncha
✅ lay the table – dasturxon yozmoq
✅ by the way – aytgancha
✅ on the contrary – aksincha
✅ make the bed – yotoqni yig’ishtirmoq
✅ do the bed – yotoqni tayyorlamoq
✅ do the cooking – ovqat tayyorlamoq
✅ do the washing up – idishlarni yuvmoq
✅ on the whole – umuman olganda
✅ tell the time – vaqtni aytmoq
✅ tell the truth – haqiqatni aytmoq
✅ do the shopping – bozor qilmoq
✅ for the sake of – sharafiga
✅ the same – bir xil
✅ for the time being – hozircha
✅ the right side – toʻg’ri yoʻlda/tarafda
✅ the wrong side – notoʻg’ri yoʻlda/tarafda
✅ under the influence of – ta’sirida, ta’siri ostida
✅ under the impression – taassurot ostida
✅ in the distance – uzoqda
✅ in the daytime – kunduzi
✅ in the end – oxiri, niyohat
✅ in the long run – borib-borib, oxirida
✅ in the sun – quyoshda
✅ in the dark – qorong’uda
✅ in the shade – soyada
✅ in the rain – yomg’ir ostida
✅ in the meantime – hozirda
✅ in the past – oʻtmishda
✅ in the original – o’z tilida
✅ on the phone – telefonda
✅ in the face of – biror sharoitga qaramasdan, natijasida

 

Aniq artiklning otlar bilan qo’llanishi

1️⃣ The+birlikdagi sanaladigan ot birikmasi shu turdagi predmetlarning umumiy nomini (turini) bildirib keladi.
🔸The rose is my favourite flower. (Atirgul – mening sevimli gulim.)
🔸 The giraffe is the tallest animal in the world. (Jirafa dunyodagi eng baland hayvon.)
🔸 The computer has changed our life completely. (Kompyuter bizning hayotimizni butunlay oʻzgartirib yubordi.)
🔸 The telephone was invented in 1876. (Telefon 1876 yil kashf qilingan.)

💡Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, ‘the telephone’ deganda biz bir aniq telefonni emas, shu predmetning umumiy turini nazarda tutamiz. Bu yerda otning birlikda ishlatilishi juda muhim.

2️⃣ The + sifat yoki sifatdosh birikmasida sifat otlashadi va shu xususiyatga ega boʻlgan insonlar guruhini bildirib keladi, tabiiyki, bu birikma koʻplikdagi fe’lni talab qiladi.
✅ the poor – kambag’allar
✅ the deaf – karlar
✅ the sick – kasallar
✅ the rich – boylar
✅ the blind – koʻzi ojizlar
✅ the unemployed – ishsizlar
✅ the disabled – nogironlar
✅ the elderly – qariyalar
✅ the injured – jarohatlanganlar

🔸The legendary Robin Hood robbed the rich and gave the money to the poor. (Afsonaviy Robin Gud boylarni talagan va pullarni kambag’allarga bergan)
🔸Life isn’t easy for the unemployed. (Ishsizlarga hayot oson emas)
🔸The injured were taken to hospital by ambulances. (Jarohatlanganlar tibbiy yordam mashinalarida olib ketildi)

3️⃣ The +millat nomi birikmasi butun bir millatni bildirib keladi va koʻplikdagi fe’lni talab qiladi.
▪️ the +sh/ch bilan tugaydigan millat nomlari:
✅The British – britaniyaliklar
✅The Dutch – gollandlar
✅The English – Inglizlar
✅The French – fransuzlar
✅ The Irish – irlandlar
✅The Welsh – uelsliklar
🔸 The British and the Dutch do a lot of foreign trade.

▪️Ikki xil shaklga ega millat nomlari:
✅ The Danes/the Danish – daniyaliklar
✅ The Spaniards/the Spanish – ispanlar
✅ The Swedes/the Swedish – shvedlar

▪️ The+ – ese yoki – ss bilan tugaydigan millat nomlari:
✅ The Chinese – xitoyliklar
✅The Japanese – yaponlar
✅The Portuguese – portugallar
✅The Sudanese – sudanliklar
✅ The Swiss – shveysariyaliklar
🔸The Portuguese are very different from the Spanish.

✳️ Atoqli otlar (joy, tashkilot, davlat nomlari) oldidan artikl qoʻllanishi yoki qoʻllanilmasligi masalasi juda murakkab boʻlib, oʻrganishda sabr va qunt talab qiladi. Albatta, bu yerda geografiya fanini bilish ham muhim ahamiyatga ega, chunki atoqli otlarning qaysi guruhga (daryo, kanal, ko’l va hakozo) mansub ekanlginini bilish lozim. Quyida aniq artikl bilan qoʻllanadigan atoqli otlarning bir guruhi berilgan.

✳️ Tashkilotlar: The United Nations, The BBC (lekin✖️ NATO)
✳️ Kema nomlari: The Titanic, The Mary Jane, The Endeavor, The Queen Elizabeth
✳️ Davlat organlari va idoralari: the police, the government, the army
✳️ Tarixiy hujjatlar: The Magne Carta, The Constitution
✳️ Tarixiy voqealar : The French Revolution, The American Revolution
✳️ Ba’zi san’at asarlari nomlari: The Odyssey, the Mona Lisa
✳️ Rasmiy unvonlar : The President, the King, the Queen, the Prime Minister
✳️ Siyosiy partiyalar: The Labour Party, The Republican Party
✳️ Gazeta nomlari (agar ularning nomlari ingliz tilida yozilgan boʻlsa): The Economist, The Times, The Moscow Times, The Sun, The Daily Mirror, The Washington Post, The New York Times

⚠️ Gazeta nomlari boshqa tilda berilsa, artikl qoʻllanilmaydi: ✖️ Le Monde (fransuz gazetasi), ✖️Der Spiegel (nemis gazetasi), ✖️Darakchi (oʻzbek gazetasi)
✳️ Oila nomlari: The Browns, the Wilsons, the Usmanovs
✳️ Okean, dengiz, daryo, kanal va ko’llar guruhlari nomlari: The Pacific Ocean, The Indian Ocean, The Black Sea, The Dead Sea, The Mediterranean (Sea), The Thames, The Amudaryo, The Panama Canal, The Suez Canal, The Great Lakes
✳️ Choʻllar nomlari: The Sahara (Desert), The Gobi
✳️ Gulf (koʻrfaz); strait (boʻg’ozlar) nomlari : The Persian Gulf, The Bering Straits, The Bosphorus
✳️ Tog’ tizmalari va orollar guruhi nomlari : The Swiss Alps, The Rocky Mountains, The Pamirs, The Himalays, The Azors, The Bahamas, The British Isles

⚠️ Lekin birlikdagi orollar va tog’lar (choʻqqilar) oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖️Ben Nevis, ✖️(Mount) Everest, ✖️Corsica, ✖️Malta
⚠️ Bay (qo’ltiq) nomlari bilan ham artikl qo’llanilmaydi: ✖️ Cape Cod Bay, ✖️ Hudson Bay, ✖️San Francisco Bay (Lekin The Bay of Naples)

✳️ kingdom/union/united/republic/federation soʻzlari qatnashgan davlatlar nomlari oldidan : The United Kingdom, The United States, The Republic of China, The Russian Federation, The Republic of Uzbekistan
✳️Ba’zi davlat va shahar nomlari oldidan (istisno sifatida) : The Ukraine, The Crimea, The Congo, The Netherlands, The Caucasus, The Sudan, The Yemen,The Lebanon, The Transvaal, The Hague, The Vatican, The Bronx
⚠️ ✖️Argentina oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. The Argentine Republic mazkur davlatning rasmiy nomi hisoblanadi.

Aniq artiklning atoqli otlar bilan qo’llanishi

✳️ Ba’zi dunyo mintaqalari nomlari oldidan: The Middle East, The Far East, The Arctic, The Balcans, The Antarctic

⚠️ ✖️Central Asia, ✖️Central Europe birikmalarida artikl qoʻllanilmaydi.

✳️Teatr/muzey/galeriya/kinoteatr/restoran/kafe/bar/tungi klub/mehmonxona nomlari oldidan: The Globe, The British Museum, The Tate Gallery, The Odeon, The Cafe Royal, The Hilton, The Hermitage, The Louvre
✳️ Ba’zi koʻcha nomlari oldidan: The Mall, The Strand, The High Street, The Arbat
✳️ Ba’zi bino va inshootlar nomlari oldidan: The Lincoln Memorial, The Albert Hall, The Carnegie Hall, The White House, The Royal Palace, The Empire State Building, The Acropolis, The Eiffel Tower, The Pyramids, The Kremlin
✳️ Tarixiy davrlarni bildiruvchi ba’zi atamalar oldidan: The Dark Ages, The Bronze Age, The Middle Ages, The Third Millennium

✳️ noun+ of + noun sifatida qoʻllanilgan atoqli otli birikmalarida: The Tower of London, The Great Wall of China, The University of Cambridge, The Castle of York
✳️ Dunyo taraflari joy, hududni bildirib kelganda: the south of England , the west of China, the south, the north

⚠️ Davlat yoki qit’a nomini bildirib kelgan birikmalarda North/South/East/West soʻzlari artikl olmaydi.
✖️ South Africa, ✖️North America, ✖️South America
▪️north/south/east/west soʻzlariga sifat yasovchi -ern qoʻshimchasi qoʻshilsa, artikl qoʻllanilmaydi (northern/southern):
✖️northern Spain, ✖️western India
▪️Dunyo taraflari (north/south/east/west) yoʻnalishni bildirib, ravish sifatida fe’l bilan ishlatilsa artikl olmaydi: to sail ✖️north/ from ✖️east to ✖️west

✳️ Yer yuzi yarim sharlari va qutblar oldidan: The Western Hemisphere, The Eastern Hemisphere, The Northern Hemisphere, The Southern Hemisphere, The North Pole, The South Pole
✳️ Koʻl nomlari oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖️Lake Baikal / Baikal, ✖️Lake Victoria, ✖️Lake Superior, ✖️Lake Huron, ✖️Lake Michigan, ✖️Lake Erie, ✖️Lake Ontario, ✖️Crater Lake, ✖️Utah Lake, ✖️Lake Geneva, ✖️Great Pond
⚠️ the Great Salt Lake, the Great Lakes

Artikl qo’llanilmaydigan holatlar 

✳️ Quyida ingliz tilida otlar oldidan artikl ishlatilmaydigan holatlar keltirilgan bo’lib, bu qoidalar umumiy va maxsus holatlarda ishlatiladi. Odatga ko’ra, umumiy holatlardan boshlaymiz.

1️⃣Umumiy ma’nodagi koʻplikdagi otlar oldidan:
🔸✖️Trees don’t grow in the Antarctic. (Antarktidada daraxtlar oʻsmaydi)
🔸✖️Cats don’t like cold weather. (Mushuklar sovuq ob-havoni xush koʻrishmaydi)
🔸✖️Doctors are paid more than ✖️teachers. (Doktorlar oʻqituvchilarga qaraganda yaxshi oylik olishadi)
🔸✖️Beans are good for you. (Loviyalar sizga foydali)
🔸✖️Museums are closed on Mondays. (Muzeylar dushanba kunlari yopiq boʻladi)

2️⃣ Umumiy ma’nodagi sanalmaydigan otlar oldidan:
🔸I like ✖️butter. (Men saryog’ni yoqtiraman)
🔸✖️Red is my favourite colour. (Qizil mening sevimli rangim)
🔸✖️Life is short. (Hayot qisqa)
🔸✖️Oil is produced in Alaska. (Neft Alyaskada ishlab chiqariladi)

3️⃣ Sport turlari va maktab predmet (fan)lari oldidan:
▪️tennis ▪️football ▪️golf ▪️swimming ▪️boxing ▪️dancing ▪️physics ▪️biology ▪️mathematics ▪️history ▪️politics ▪️English ▪️French ▪️Latin ▪️Finnish
🔸At school my favourite subjects were ✖️history and ✖️English.

⚠️Fan nomlari aniq soha yoki yoʻnalishni bildirgan holatlarda aniq artikl ishlatiladi:
✅ the history of Uzbekistan
✅ The English language

⚠️ ‘football’ oʻyin turi emas, koptokni bildirib kelganda a artiklini oladi.
🔸I always take a football and my guitar if I go on a picnic.

4️⃣Umumiy ma’nodagi mavhum otlar oldidan:
▪️love ▪️friendship ▪️silence ▪️peace ▪️war ▪️freedom ▪️childhood ▪️enmity
🔸✖️Silence is golden. (Sukut oltinga teng)
🔸People all over the world want ✖️peace.

⚠️ Yuqoridagi otlar aniqlashtirilsa, aniq artikl qoʻllanishi mumkin.
✅ the peace between Russia and Japan/The Civil War

5️⃣ Shaxs nomlari oldidan:
✖️Jack ✖️Fritz Weber ✖️Michel Wood ✖️Mr. Johnson ✖️Charles Dickens

6️⃣Qit’a, davlat, shahar, shaharcha va qishloq nomlari oldidan (istisno holatlari uchun oldingi mavzuga ham qarang):
✖️Asia ✖️Africa ✖️South America ✖️North America ✖️South Africa ✖️France ✖️Moscow ✖️London ✖️England ✖️Great Britain ✖️Tashkent ✖️Nurafshon
🔸✖️London is the capital of ✖️Great Britain.

7️⃣ Atoqli ot nomi joy yoki shaxs nomi + inshoot sifatida shakllangan boʻlsa, bunday otlar oldidan:
✖️Victoria Station ✖️Westminster Abbey ✖️Kennedy Airport ✖️Buckingham Palace ✖️Edinburg Castle ✖️Canterbury Cathedral ✖️Nelson’s Column

8️⃣Koʻcha, xiyobon, park, zoopark, soat, maydon va koʻpriklar nomi oldidan:
✖️Broadway ✖️Fifth Avenue ✖️London Zoo ✖️Hyde Park ✖️London Bridge ✖️Red Square✖️Big Ben ✖️Central Park

⚠️ Istisno sifatida The Brooklyn Bridge, The Golden Gate Bridge, The Gorky Park, The Central Park Zoo iboralarni yodlab qoʻying.

1️⃣ Shaxs nomi ( asoschi) bilan boʻg’liq boʻlgan savdo inshootlari, banklar, klublar, futbol komandalari va boshqa binolar oldidan hech qanday artikl qoʻllanmaydi.
✖️Harrison’s ✖️Selfridge’s ✖️Macdonalds ✖️Lloyds Bank

2️⃣ Planeta va ularning yo’ldoshlari atoqli nomlari oldidan:
✖️Earth ✖️Mars ✖️Venus ✖️Saturn ✖️Pluto ✖️Mercury

⚠️the planet Venus/Mars va boshqa birikmalar ham uchraydi.

3️⃣ Ingliz tilida nashr qilinadigan mashhur jurnal nomlari oldidan :
✖️Time ✖️Fortune ✖️Forbes ✖️Men’s Health

4️⃣Kompaniyalar nomi oldidan:
✖️Sony ✖️Apple ✖️Nokia ✖️British Airways ✖️Microsoft ✖️Opel ✖️Mersedes
🔸✖️ Apple is the richest company in the world.

⚠️ Agar yuqoridagida kompaniya mahsulotiga egalikni bildirmoqchi boʻlsak, birlikda noaniq artikl qoʻyish mumkin.
🔸She has a Nokia (phone) and I have a Samsung (phone).
🔸I would rather drive a Mersedes than an Opel.

5️⃣ Father, Mother, Uncle, Aunt kabi oila a’zolari nomini bildiruvchi otlar oldidan:
🔸✖️Father, can I play football?
🔸✖️Aunt Polly was angry with Tom.

6️⃣ Unvon va lavozimni bildiruvchi so’zlar shaxsning nomlari bilan kelgan holatlarda:
✖️Prince Charles ✖️Queen Victoria ✖️Professor Smith ✖️President Obama ✖️Private Johnson ✖️Princess Diana ✖️Lord Berkeley

7️⃣ Butun insoniyat ma’nosida man/mankind soʻzi oldidan:
🔸✖️Man is destroying the environment. (Insoniyat atrof muhitni zararlamoqda)

8️⃣ Bayram nomlari oldidan:
✖️Christmas ✖️New Year’s Day ✖️Easter ✖️Ramadan ✖️Thanksgiving Day

9️⃣Xudo va muqaddas shaxslar nomlari oldidan: ✖️God, ✖️Budda, ✖️Zeus, ✖️Osiris

1️⃣0️⃣ Sanoq sonlar otdan keyin kelib, tartibni bildirib kelganda otlar oldidan:
✖️Page 7 ✖️Platform 5 ✖️Room 25 ✖️Bus 7

1️⃣1️⃣ The position of…/the post of…/the role of…/the kind of … iboralari va make/appoint/elect fe’llaridan keyingi ot oldidan:
🔸✖️Dr Simons has taken on the position of ✖️Head of Department.
🔸Hayotbek was elected ✖️chairman of the meeting.

1️⃣2️⃣ Oldida egalik olmoshi yoki boshqa aniqlovchi soʻz (koʻrsatish olmoshlari) qatnashgan soʻzlar artiklsiz qoʻllaniladi.
her eldest ✖️son that ✖️man this ✖️book my new ✖️car

Artiklsiz qo’llaniladigan turg’un birikmalar

✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo’llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi.
✅ arm in arm – qoʻl ushlashib
✅ ask for permission – ruxsat soʻramoq
✅ at first – boshida
✅ at first sight – bir koʻrishda
✅ at peace – tinchlik davrida
✅ in despair – chorasiz
✅ in doubt – shubhada
✅ in trouble – tashvishda
✅ in love with – sevib qolgan
✅ beyond recognition – tanib bo’lmas darajada
✅ by accident – tasodifan
✅ by chance – tasodifan
✅ by heart – yoddan
✅ by mistake – adashib, bilmasdan
✅ do research – izlanish olib bormoq
✅ from morning till night – ertalabdan kechgacha
✅ have difficulty – qiynalmoq
✅ have trouble – muammoga duch kelmoq
✅ in charge of – javobgar, mas’ul
✅ in common – umumiy, birga
✅ in demand – bozori chaqqon
✅ in debt – qarzdor, qarzga botgan
✅ in person – shaxsan
✅ in secret – mahfiy, yashirin
✅ in vain – bekorga
✅ in touch – aloqada
✅ on account of – nomidan
✅ take into account – hisobga olmoq
✅ on horseback – ot ustida
✅ on board – kemada
✅ on deck – bortda
✅ on leave – ta’tilda (mehnat, homiladorlik)
✅ on purpose – ataylab
✅ on sale – sotuvda
✅ on strike – ish tashlashda
✅ out of date – eskirgan
✅ out of doors – tashqarida
✅ out of order – buzilgan
✅ day after day – kundan kunga
✅ take refuge – boshpana so’ramoq
✅ in power – hokimiyatda

Artiklsiz qo’llaniladigan turg’un birikmalar 

✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo’llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi.

✅ for hours/ages – soatlab/ koʻp vaqtdan beri
✅ for sale – sotuvda
✅ from head to toe – boshidan oyog’igacha
✅ live from hand to mouth – qiyinchilikda yashamoq
✅ from head to foot – boshidan oyog’igacha
✅ from memory – esdan
✅ at last – nihoyat
✅ from side to side – u yoqdan bu yoqqa
✅ get into trouble – muammoga duch kelmoq
✅ out of mind – esdan chiqqan
✅ beyond understanding – tushunish qiyin
✅ out of sight – koʻzdan yiroqda
✅ hand in hand – qoʻlma qoʻl
✅ have breakfast – nonushtda qilmoq
✅ have lunch – tushlik tanovul qilmoq
✅ have fun – maza qilmoq
✅ in case – har ehtimolga qarshi
✅ in cash – naqd pulda
✅ in connection with – bog’liq
✅ in contact with – aloqada
✅ in detail – atroflicha
✅ in fact – haqiqatda
✅ in search of – qidirib
✅ It’s high time – vaqti boʻldi
✅ it’s fun – maza, zoʻr
✅ lose control – nazorat qoʻldan chiqmoq
✅ on behalf of – nomidan
✅ on foot – piyoda
✅ on fire – yong’inda
✅ at hand – yonida
✅ on holiday – ta’tilda
✅ on business – ish bilan
✅ for pleasure – dam olish uchun
✅ out of breath – halloslab qolgan
✅ out of control – nazoratsiz
✅ pay attention to – e’tibor bermoq
✅ step by step – qadam baqadam
✅ day by day – kundan kunga
✅ take offence – hafa boʻlmoq
✅ take action – chora koʻrmoq
✅ in practice – amalda

Artikl qo’llashning aralash holatlari

✳️ Ingliz tilida ba’zi so’zlar bilan artikl qo’llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma’noda yoki vazifada qo’llanayotganiga bog’liq.

1️⃣Ingliz tilidagi quyidagi soʻzlar oʻz vazifasidan kelib chiqib qoʻllanilganda hech qanday artikl qoʻllanilmasligi lozim.
✅ university – universitet
✅ college – kollej
✅ school – maktab
✅ prison – turma
✅ hospital – kasalxona
✅ church – cherkov
✅ court – sud

✳️Masalan, quyidagi iboralarda bu soʻzlar oʻz vazifadan kelib chiqib qoʻllangan:
▪️go to ✖️school/✖️university/✖️college – maktab/universitet/kollejga oʻqishga bormoq
▪️be at ✖️school/✖️university/✖️college – maktab/universitet/kollejda oʻqishda boʻlmoq
▪️be in ✖️prison/be sent to ✖️prison – jinoyat qilganlik uchun qamoqda boʻlmoq/qamoqqa yuborilmoq
▪️go to ✖️church – ibodat uchun cherkovga bormoq va hakozolar.
🔸 Bill is ill in ✖️hospital.
🔸When I leave ✖️school, I want to study engineering at ✖️university.

⚠️ Yuqoridagi soʻzlar oʻz vazifasida emas, bino yoki joy sifatida qoʻllanilganda artiklning umumiy qoidasi qoʻllaniladi.
🔸Excuse me, how can I get to the university? (shahardagi universitet binosi)
🔸Sarah is a nurse. She works at the hospital. (kasalxona uning ish joyi)
🔸The workmen went to the church to repair the roof. (shahardagi cherkov binosi)

2️⃣ work -ish, home – uy, bed – yotoq soʻzlari ham odatiy, oʻz ma’nosida qoʻllanilganda artikl olmaydi. Quyidagi iboralarni yodlab oling:
✅ be at work
✅ start work
✅ finish work
✅ go to work
✅ be at home
✅ come home
✅ arrive home
✅ get home
✅ go to bed
✅ in bed
🔸I like reading books in ✖️bed.
🔸Is Tom at ✖️home? No, he is at ✖️work.

⚠️Yuqoridagi soʻzlardan bed soʻzi krovat (jihoz) sifatida tushunilganda, artiklning umumiy qoidasiga binoan qoʻllaniladi .
🔸 I enjoy sleeping on a soft bed. (tasvirlash qoidasi)
🔸He sat on the bed and began his story. (xonadagi aniq krovat)

3️⃣ Musiqa instrumentlari nomlari oldidan, agar ular oʻz vazifasida qoʻllanilganda, aniq artikl qoʻllaniladi.
▪️the piano/the guitar/the flute/the trumpet
🔸 Can you play the piano?

4️⃣ Axborot manbasi sifatida radio soʻzi aniq artikl, television (TV) soʻzi hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi.
✅ to listen to the radio – radio tinglamoq
✅ on the radio – radioda
✅ to watch TV – televizor koʻrmoq
✅ on TV – televizorda
🔸I enjoy listening to the radio in the evenings.
🔸What’s on ✖️TV today?

⚠️ Ammo bu otlar jihoz sifatida umumiy qoidaga koʻra qoʻllaniladi.
🔸Can you turn off the TV? (xonadagi televizor jihozi)

5️⃣ Quyidagi soʻzlar the…of+noun birikmalarida aniq artikl bilan qoʻllanadi:
▪️back/beginning/bottom/end/middle/side/top/front
🔸There was a table in the middle of the room.
🔸We are leaving for London at the beginning of July.

⚠️Biroq from ✖️beginning to ✖️end – boshidan oxirigacha, in ✖️front of – oldida iboralari artiklsiz qoʻllanadi.

 

Ingliz tilida ba’zi so’zlar bilan artikl qo’llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma’noda yoki qanday so’z bilan qo’llanayotganiga bog’liq.

1️⃣ very – juda soʻzi sifat bilan birlikdagi ot oldidan kelganida uning oldidan noaniq artikl qoʻllaniladi. Bu yerda very daraja-miqdor ravishi hisoblanadi.
🔸Bill has bought a very expensive car.
⚠️very – naq, ayni, aynan oʻzi degan ma’nolarida kelganida aniq artikl bilan qoʻllaniladi. Bunday holatlarda very sifat so’z turkumi hisoblanadi va o’zidan keyin ot talab qiladi.
🔸You are the very person I need.

2️⃣ most – eng degan ma’noda sifatning orttirma darajasini hosil qilganda aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
🔸That was the most boring film I’ve ever seen.
⚠️most soʻzi ba’zan juda (very) degan ma’noda ham keladi. Bunday hollarda birlikdagi otlar oldidan og’zaki nutqda noaniq artikl bilan qoʻllanishi mumkin.
🔸It was a most interesting story.
⚠️ most soʻzi koʻpchilik degan ma’noda ham keladi, bunday holatlarda bu soʻz umumiy ma’noda hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi.
🔸✖️Most people learn to swim at an early age.

3️⃣ Ovqatlanish paytlarini bildiruvchi dinner/lunch/breakfast/supper soʻzlari bilan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
🔸Tom has invited me to ✖️dinner on Thusday.
⚠️ Ammo, yuqoridagi soʻzlar oldidan sifat qatnashib, tasvirlash qoidasi qo’llanilsa noaniq artikl qoʻllaniladi.
🔸They had a nice dinner at the Red Lion.
🔸I usually have a big breakfast.
⚠️ Yuqoridagi soʻzlar bilan aniqlovchi ibora yoki gap qatnashgan hollarda ular oldidan aniq artikl qoʻllaniladi.
🔸The dinner we had yesterday was great. (we had yesterday – aniqlovchi gap)

4️⃣ Kun paytlarini bildiruvchi dawn/sunrise/sunset/dusk/midnight/night soʻzlari at predlogi bilan qoʻllanilganda hech qanday artikl qo’llanilmaydi.
✅ at dawn – erta tongda
✅ at sunrise – kun chiqqanda
✅ at noon – tushlikda
✅ at sunset – kun botganda
✅ at night – tunda

⚠️ morning/afternoon/evening/night soʻzlari in predlogi bilan qoʻllanilganda odatda aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
✅ in the morning – ertalab
✅ in the afternoon – tush paytda
✅ in the evening – kechqurun
✅ in the night (during the night) – tunda, tun davomida

⚠️ Yuqoridagi soʻzlardan oldin sifat va on predlogi kelganda, ular oldidan birlikda noaniq artikl qoʻllanishi mumkin.
✅ on a rainy morning – yomg’irli tongda
✅ on a rainy night – yomg’irli tunda

5️⃣ Fasllar umumiy ma’noda qoʻllanilganda ular oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmagani ma’qul.
🔸Birds migrate in ✖️autumn and in ✖️spring.

⚠️Agar joriy yilning yoki biror bir aniq yilning bahori/yozi/kuzi/qishi nazarda tutilgan hollarda fasllar nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanadi.
🔸The winter was cold this year.
🔸I am going to have a long holiday in the summer. (this summer)
⚠️ Agar fasllar oldida sifat qatnashgan boʻlsa, birlikda noaniq artikl qoʻllaniladi.
🔸It was a cold winter.

 

1️⃣ Shaxs nomlari oldidan artikl qoʻllanilmasligini avvalgi darslardan bilamiz:
🔸 I’m ✖️Bond, ✖️James Bond.
⚠️ Ammo nazarda tutilayotgan shaxs bizga va tinglovchiga notanish ekanligini bildirmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan noaniq artikl qoʻllanishi mumkin.
🔸 A Mr Brown is at the door. (Mr Brown ismli shaxs)
⚠️Shuningdek, shaxs nomlari mualliflikni bildirib, shu san’atkorga yoki yozuvchiga oid asarni bildirish uchun qoʻllanilganda birlikda noaniq artikl qoʻllaniladi.
🔸 I’m fond of painting, especially landscapes. A Levitan picture is hanging in my living-room.(Levitan qalamiga mansub)
⚠️ Agar bir nechta bir xil ismli shaxs mavjud boʻlib, ular orasidan bittasini ajratib koʻrsatmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin.
🔸 The Mr. Brown who lives next door is very friendly.

2️⃣ Hafta kunlari va oy nomlari oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
🔸 I’ll see you on ✖️Saturday.
⚠️ Ammo haftaning aniq kunini aytmoqchi boʻlsak, ular oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin. Bunda aniqlovchi gap yoki birikma mavjud bo’ladi.
🔸 They arrived on the Saturday after my birthday party.

3️⃣ Tartib sonlar oldidan aniq artikl qoʻllanilishini bilamiz.
🔸 It is the third time Ann has been late this week.
🔸 She was the first person to know about it.
⚠️ Ammo tartib sonlari ‘yana (bir)’ degan ma’noda noaniq artikl bilan qoʻllaniladi
🔸 A third man entered the room. (Uchinchi (yana bir) odam xonaga kirdi)

⚠️ a first night – premera, a first prize – birinchi o’ringa mukofot iboralari ham noaniq artikl bilan qoʻllanadi.
⚠️ Ravish boʻlib kelgan first/at first iboralarida artikl qo’llanilmaydi.
🔸 ✖️First, you must shake the bottle well, then drink the water.

4️⃣ next soʻzi kelajak zamon payt ravishini bildiradigan birikmalarda artiklsiz qoʻllaniladi.
🔸 He is going to learn French ✖️next year.
⚠️ next soʻzi oʻtgan zamon payt ravishini bildiradigan birikmalar yoki ot bilan ‘keyingi’ degan ma’noda qoʻllanilganda har doim aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
🔸 He suddenly arrived the next morning.
🔸 When is the next bus?

5️⃣ Undalmalarda nutq qaratilgan ot oldidan artikl qoʻllanilmaydi.
🔸 ✖️Students, hand in your tests!

 

Манба

(Visited 55 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim