Insho – Seriallarning ijobiy va salbiy jihatlari

Seriallarning ijobiy va salbiy jihatlari insho

Seriallar o’zi nima?

Serialning ijobiy va salbiy taraflari nimada?

Biz ko’proq qanday seriallarni tomosha qilishimiz kerak?

Men seriallar haqida o’z dunyo qarashimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, bu seriallar biz insonlarga ibrat va o’rnak bo’lsin degan ma’noda tasvirga olinadi. Albatta bu juda yaxshi g’oya. Ammo guruch ko’rmaksiz bo’lmaydi deganlaridek, barcha seriallar ham har bir insonga ijobiy ta’sir qilavermaydi.

Seriallarning salbiy taraflari haqida gapiradigan bo’lsam, ular birinchi navbatda o’zimizga bildirmagan holatda juda ko’p vaqtimizni o’g’irlaydi. Shu bilan birga undagi voqealar bizning hayotimizga ko’cha boshlaydi, ya’ni biz insonlar seraldagi shaxslarga o’xshashga harakat qilamiz.

Seriallar juda ko’p mehnat va harakat sababli, aktyor va aktrisalar tomonidan yangi bir chaqaloq kabi tug’iladi. Hozirda oz’imizda eng ko’p tomosha qilinayotgan seriallar bu turkiya xalqining seriallaridir. U seriallardagi xatti – harakatlar, aktyor va aktrisalarning kiyinish stili biz insonlarga nihoyatda salbiy ta’sir qilmoqda. Kun sayin biz ham o’sha obrazdagilar singari kiyinishga harakat qilmoqdamiz. Seriallarni ko’proq ayollar ko’rishadi va jamiyatimizda hissiyotlarga ko’proq beriluvchilar ham o’sha ayollardir mening nazarimda.

Bu seriallar juda ko’p oltinga teng vaqtimizni olib qo’yadi. Biz insonlar ko’proq o’zimizning milliyligimizni va o’zimizni tanitishga xizmat qiluvchi kinolarni ko’rganligimiz ma’qul. Chunki, ular bizga oz bo’lsada o’zimizning ona tariximizdan boxabar qiladi.

Men shuni xulosa qilib aytamanki, seriallar har bir insonga har xil ta’sir qiladi. Kimgadir ijobiy, kimgadir esa salbiy. Undan ko’ra kitob o’qigan ma’qul. Barcha insonga birdek ijobiy ta’sir qiladi. Hayotga bir marotaba kelamiz, shunda ham birovlarning hayotini muhokama qilib, baholash qiymati har qanday narsadan ustun bo’lgan vaqtimizni behudaga sarflamasligimiz kerak.

 

Manba: @iramond va @Uzjoku_Unversiteti

(Visited 4 315 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz