100$ dollar

Bir ota qiziga kitob o‘qishni odat qildirish uchun sovrin berib o‘qitishni o‘yladi. Bir kuni qiziga: “Qizim senga shu kitobni beraman agar o‘qib tugatsang 100$ “dollar” olasan” deb kitobni berdi.

Bu taklif qizga juda yoqdi. Lekin afsuski, qizni kitob o‘qishga hech toqati yo‘q edi.

U o‘zicha:”Eng yaxshisi men bu kitobni tarjimayi holini internetdan topib o‘qiyman. Otam o‘qidingmi desa kitob haqida gapirib beraman” deb o‘yladi. Shunday kilib internetdan kitob haqida qisqacha matn topdi. Ikki varoqlik bu malumotni yaxshilab yodladi.

Farzandingizni aldamang!

Albatta otasi sezib qolmasin deb bir hafta yurdi.

Olmoniyada sodir bo’lgan ibratli voqea

Bir haftadan so‘ng “Otajon men kitobni o‘qidim, endi 100$ ni berasizmi?” deb so‘radi. Otasi qizidan kitobda kelgan mavzulardan gapirishini so‘radi.

Qizcha juda chiroylik qilib otasiga gapirib berdi. So‘ng yana “Otajon endi 100$ ni berasizmi?” dedi.

Ammo otasi qiziga u hech kutmagan javobni berdi: “Sen kitobni o‘qimabsan, agar kitobni o‘qiganingda ichidagi 100$ ni ko‘rar eding…!”.

(Visited 75 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz