Umrining oxirida aqldan ozgan diktator
1979 yil, Markaziy Afrikaning o’rmonzorlarida harbiylar banknotlarni chaynayotgan cholni topdilar. Bu Ekvatorial Gvineyaning sobiq prezidenti, shafqatsiz diktator va zolim Fransisko Masias Ngema Ndong ekanligi ma’lum bo’ldi.
Taxminan 11 yil davomida Ngema Ndong butunlay rivojlangan mamlakatni vayron qilishga va uni botqoqqa botirishga muvaffaq bo’ldi.
Misol uchun, bir marta Ndong o’z fuqarolari uchun xudo bo’lishga qaror qildi va mamlakatda nasroniylikni taqiqladi. Katolik cherkovlarida xoch o’rniga Nguema Ndongning portretlari osib qo’yilgan. Endi cherkovga kelganlar uning sog’lig’i uchun ibodat qilishlari va ruhoniylar u haqida va’z o’qishlari kerak edi. Saqlanib qolgan yakshanba maktablarida bolalarga Xudoning Kalomi emas, balki faqat hukmdorning ulug’vorligi uchun shiorlar o’rgatilgan. Oddiy umumta’lim maktablari esa yopib qo’yilgan. Institutlar va texnik maktablar ham yopib tashlangan edi.
Umrining so’ngiga kelib, Ngema aqldan oza boshlagan. U tez-tez o’zi qatl qildirgan eski safdoshlari bilan gaplashar va xatto oilasi uchun ham xavfli odamga aylanib qolgandi. 1979-yil harbiy to’ntarish orqali Ngema hukumati ag’darilgan. U sud qilinib, qatlga hukm qilindi, lekin hech gvineyalik hukmni bajarishni istamadi, chunki uni yurtida jodugar va ilohiy qudratga ega shaxs deb hisoblashgan. Qatlni ijro etish uchun Marokashdan maxsis vzvod chaqirilgan va 1979-yil hukm ijro etilgan. Oddiy xalq keyinchalik ham ancha vaqtgacha uning yovuz arvohi o’ch olishidan qo’rqib yashagan.